Musical piece
Husayniy Navo
Ҳусайний Наво
Score (PDF)
Read the score here or download it
- Pages
- pp. 66–70
- Transcribed by
- Yunus Rajabiy
Na til birlan bayon aylay men ul rozi nihonimni,Gʻariblik oʻti kuydirdi tamomi ustuxonimni.
Bolamning soyasida oʻlturarman deb vatan tutdim,Oʻlum jallodi keldiyu tepib buzdi makonimni.
Niholi bogʻi ummidim raso boʻlgʻonida sindi,Ajalni toʻlquni tegdi, qurutti boʻstonimni.
Charogʻi roʻzgorim ayni ravshan chogʻida oʻchdi,Qolibman zulmat ichra hech kishi bilmaydi holimni.
Qayu majlis arokim sharhi ahvolim bayon qilsam,Koʻzidin qon toʻkar har kim eshitsa dostonimni.
Muazzam, bir qalandarman jahonda hech nishonim yoʻq,Nishon deb safhaga chekdim raqam nazmi ravonimni.
Audio recording
Listen online or save