Musical piece
Nasri Uzzol
Насри Уззол
Score (PDF)
Read the score here or download it
- Pages
- pp. 85–89
- Transcribed by
- Yunus Rajabiy
Yuzingda may guli yo gul ochilg‘on bo‘stondur bu,Gulungda qatra xun, bo‘stondagi suvdin nishondur bu.
Ko‘zumda qatra qonlar bog‘lag‘on ermas hamonokim,Nazar bog‘ida shavqingdin ochilg‘on arg‘uvondur bu.
Emas vasling tilab uchqon ko‘zum atrofida kirpik,Kim ul daryo qushlarg‘a qamishdin oshiyondur bu.
Ko‘nguldin chiqqan ohim aylar afsun xalq savdosin,Ki shaydolik diyoridin yetishgan korvondur bu.
Labingdin xastadur ko‘nglum, dam ochma, ey Masih, o‘tkim,Ilojin yuz seningdekning beganmas notavondur bu.
Quyundek dasht aro ko‘rsang meni, ko‘p qochmakim, har damBoshingga evrulur sargashtai bexonumondur bu.
Ko‘ngul mayxona romi, xotirim xush may batinnikimManga ruhul-amindur ul, anga dorul-amondur bu.
Dema, hijron tuni har dam etar ul oyga faryodim,Ul oy faryodingga yetmas, Navoiy, ne fig‘ondur bu?
Audio recording
Listen online or save