Musical piece
Ufari Uzzol
Уфари Уззол
Score (PDF)
Read the score here or download it
- Pages
- pp. 89–93
- Transcribed by
- Yunus Rajabiy
Ey sabo, rozi dilimni bexabar yorimga ayt,Dardlig‘ ko‘nglumning ahvolini dildorimga ayt.
Hajr dardidin yurakda qoldi dog‘ ustida dog‘,Sharh etib bu mojaroni lola ruxsorimga ayt.
Furqat ichra tushdi savdoi Zulayxo boshima,Qimmati Yusuf baho topdi, xaridorimga ayt.
Lutf etib so‘rsa meni holimni ul nomehribon,O‘ldi hijroningda deb yori vafodorimga ayt.
Sendin ayru talxkom etti debon zahri firoq,Yoshurun dardimni ul la’li shakarborimga ayt.
Yuz salom aydim, na bo‘lg‘ay bir yo‘li ul ham desa,Bu salomimni o‘shal oshuftai zorimga ayt.
Nodira sensiz tiriklikdin na rohat ko‘rdi debUl humoyun tole’u farxunda atvorimga ayt.
Audio recording
Listen online or save