Master
Erka Qori Karimov
Эрка Қори Каримов
Biography
U Qo’qon xonandalik maktabining asl namoyondalaridan biridir.
Madrasa talabasi bo’lishi bilan birga u ashula aytib, xalq nazariga tushdi. Qori nisbasi ham aynan shuning uchun berilgan.
Erka Qori Karimov ijro dasturi “Shahnozi gulyor”, “Ilg’or”, “Chorgoh”, “Yovvoyi Ushshoq”, “Daromadi Ushshoq”, “Jamoling sog’inib”, “Kelasiz”, “Shaharlar guli bog’i Qo’qon”, “Qoyilman”, “Muncha ham”, “Dilkusho keling” kabi asarlar ijrosi bilan shinavandalar Qalbidan joy olgan.
1937 yili uni Mamadbobo Sattorov bilan birga Moskvadagi birinchi dekadasiga taklif etishdi. 1939 yili barcha hizmatlari inobatga olinib, O’zbekiston xalq hofizi” unvoni va “Xurmat belgisi” ordenlari bilan taqdirlangan.