Back to masters
Hasan Rajabiy

Master

Hasan Rajabiy

Ҳасан Ражабий

How to cite in academic work

If you use MerosLegacy in a term paper, thesis, dissertation or article, cite the source like this. The access date is today.

GOSTused in Uzbekistan and the CIS

Hasan Rajabiy (1942) // MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive : [website]. – URL: https://meroslegacy.uz/en/teacher/hasan-rajabiy/ (accessed: 23.11.2026).

APAfor international journals

MerosLegacy. (n.d.). Hasan Rajabiy (1942). MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/en/teacher/hasan-rajabiy/

Born 1942
Profession Xonanda

Biography

Toshkent shahrida mashxur sozanda, xonanda, bastakor, O’zbekiston san'at arbobi, akademik Yunus Rajabiy oilasida dunyoga keldi. U ijro etgan o’nlab xalq ashulalari “Sayyora”, “Bayot”, “Saraxbori Dugoh taronalari”, “Qaro ko’zim”, “Koshki”, “Kuygay”, “Ushshoq qashqarchasi”, “Talqini bayot”, “Adoyi va Asiri”, “Girya 1-2”, Munojot 1-2”, “Segoh”, “Yovvoyi tanovor”, “Topmadim”, “Dugoh Husayniy”, “Kuyla dilkash dutorim” kabi xalq ashulalari va shuning bilan birga maqom ansambli xonanalari va sozandlalari bilan xamnafaslikda 21 yil mobaynida chalgan va aytgan 100 dan ortiq maqom asarlarining ijrolari MTRK ning oltin xazinasidan o’rin oldi. 1997 yili davlatimiz uni “Do’stlik” ordeni bilan mukofotladi. 2007 yilda otasining 6 jildli “Shashmaqom” kitobini qayta nashrga tayyorlab “YUNESKO” tashabbusida shu kitoblar bir jildli katta salmoqli kitob shakliga keltirilib qayta nashr ettirilishida jonbozlik qildi. Shashmaqomning Brayl nashrining tayyorlanishida Komiljon Sayidovga to’liq ijro yozuvlari va ko’p foydali maslaxatlari bilan o’z xissasini qo’shdi.
Assalomu alaykum! I'm Arxivchi, the MerosLegacy archive assistant. Looking for a piece, a score, lyrics, a master or a recording? Write to me: I'll find it and help you download or listen.