Back to masters
Munojat Yo‘lchiyeva

Master

Munojat Yo‘lchiyeva

Муножат Йўлчиева

How to cite in academic work

If you use MerosLegacy in a term paper, thesis, dissertation or article, cite the source like this. The access date is today.

GOSTused in Uzbekistan and the CIS

Munojat Yo‘lchiyeva (1960) // MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive : [website]. – URL: https://meroslegacy.uz/en/teacher/munojat-yolchiyeva/ (accessed: 23.11.2026).

APAfor international journals

MerosLegacy. (n.d.). Munojat Yo‘lchiyeva (1960). MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/en/teacher/munojat-yolchiyeva/

Born 1960
Profession Xonanda

Biography

Munojat Yoʼlchieva 1960 yilda Andijon viloyatining Xoʼjaobod tumanidagi Shirmonbuloq qishlogʼida tugʼilgan. 1978-1980 yillarda Toshkent davlat konservatoriyasining Sharq musiqasi tayyorlov boʼlimida oʼqib, 1985 yilda Toshkent davlat konservatoriyasi Sharq musiqasi fakultetining anʼanaviy xonandalik boʼlimini tugatdi. 1980 yildan boshlab ustozi Shavkat Mirzaev rahbarligida ijodiy faoliyatini boshlagan. San’atkor ijrosidagi «Sarahbori Navo», «Sarahbori Dugoh», «Mustazodi Navo», «Moʼgʼulchai Navo», «Munojot», «Ushshoq», «Dugohi Husayniy», «Chorgoh», «Savti Chorgoh», «Bayoti Sheroziy talqinchasi», «Girya», «Ey, dilbari jononim», «Fargʼonacha Shahnoz», «Oʼlturgʼusi», «Dasht-navo», «Gʼuncha yangligʼ», «Tanovar», «Izlayman», «Mehnat ahli», «Aylading», «Nihon etdi», «Bul ajab», «Kim keyin-kim ilgari», «Laʼli Yaman» va ko’plab asarlar xalqimiz sevib tishlaydigan ashulalardir. Munojat Yoʼlchieva hayoti va faoliyatini yorituvchi ikkita hujjatli film va uchta videofilmlar yaratilgan. Munojat Yo’lchieva horijda yakkaxon konsertini Belgiya, Germaniya, Golandiya, Ispaniya, Morokko, Tunis, Gollandiya, Avstriya, Turkmaniston, Xitoy, Hindiston, Turkiya, Rossiya, Fransiya, Korsika, Angliya, Italiya, Braziliya kabi ko’plab davlatlarda namoyish etib, O’zbek san’atini dunyoda targ’ib etilishida o’z hissasini qo’shdi.1991 yili Amerikada «Osiyo jamiyati» M.Yoʼlchieva va sozanda Turgʼun Alimatov ijro etgan qoʼshiqlar audio-kassetasini, 1995 yili Frantsiyaning «Okora» firmasi, M. Yoʼlchievaning ashulalari yozilgan kompakt disk chiqargan boʼlsa, 1997 yilda Olmoniyada «Netvork» firmasi xonandaning ikkinchi kopakt diskini chiqardi. Bularning bari isteʼdodli oʼzbek xonandasiga chet el sanʼat muxlislarining katta hurmat va ehtiromining ramzidir. Munojat Yo’lchieva pedagogik faoliyatini 1989 yildan boshlagan. Shu davrlar mobaynida bir qator shogirdlar tayyorladi. Ulashova Mamlakat “Zulfiya” mukofoti sovrindori, Abdulaxatova Gulmira “Nihol” mukofoti sovrindori, Qoʼldosheva Adolat, “Nihol” mukofoti sovrindori, Toʼrabek Muhtorov, Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambli yakkaxon xonandasi, Ismoilov Erkin, Fozilova Shohsanam kabi oʼnlab shogirdlari mumtoz sanʼatimiz rivojida oʼz xissalarini qoʼshib kelmoqdalar. Munojat Yo’lchievaning yurtimizga qilgan fidokorona mehnati tufayli hukumatimiz tomonidan 1990 yil - Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist, 1994 yil - Oʼzbekiston xalq artisti,1998 yil - “El yurt hurmati” ordeni, 2004 yil - “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni, 2011 yil - “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni, 2019 yil – “Mehnat shuxrati” ordeni singari davlat unvonlari bilan taqdirlandi. 2019 yil ilmiy izlanishlari, talabalari uchun o’quv qo’llanma va darsliklar yaratgani uchun Oʼzbekiston davlat konservatoriyasi professori kabi ilmiy lavozimga ega bo’ldi.
Assalomu alaykum! I'm Arxivchi, the MerosLegacy archive assistant. Looking for a piece, a score, lyrics, a master or a recording? Write to me: I'll find it and help you download or listen.