MerosLegacy
Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 17-noyabr
MerosLegacy (meroslegacy.uz) — o'zbek maqom merosining raqamli arxivi. Arxivdan foydalanish uchun ro'yxatdan o'tish shart emas. Bu sahifada sayt qanday ma'lumotlarni yig'ishi va ulardan qanday foydalanishi tushuntiriladi.
1. Google orqali kirish
Agar siz «Google orqali kirish» tugmasidan foydalansangiz, Google bizga faqat quyidagilarni beradi:
- ismingiz va familiyangiz;
- e-pochta manzilingiz;
- profil rasmingiz havolasi.
Parolingiz bizga hech qachon ko'rinmaydi. Bu ma'lumotlar faqat sizni saytda tanish, buyurtmalaringizni kabinetda ko'rsatish va formalarni avtomatik to'ldirish uchun ishlatiladi.
2. Buyurtma va so'rovlar
Nota ustaxonasi, Meros market yoki tadbirlar uchun so'rov yuborganingizda siz kiritgan ism, telefon, Telegram, e-pochta, manzil va fayllar saqlanadi. Ular faqat buyurtmani bajarish va siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi. Market buyurtmalari yetkazib berish uchun hamkor ustaxonaga uzatilishi mumkin.
3. Arxivchi (sun'iy intellekt yordamchisi)
Arxivchiga yozgan savollaringiz javob tayyorlash uchun Google Gemini xizmatiga yuboriladi va xarajat hamda sifatni nazorat qilish uchun saytda saqlanadi. Savollarda shaxsiy ma'lumot (telefon, manzil va h.k.) yozmang.
4. Statistika
Saytning o'z statistikasi qaysi sahifalar ko'rilganini hisoblaydi. IP manzilingiz va cookie fayllar saqlanmaydi: tashrif har kuni o'zgaradigan tasodifiy kod bilan belgilanadi. Agar Yandex Metrika yoqilgan bo'lsa, u o'z siyosati asosida anonim statistika yig'adi.
Agar saytga Google orqali kirgan bo'lsangiz, qaysi sahifalarni ko'rganingiz va qaysi notalarni ochganingiz hisobingizga bog'lanadi. Bu ma'lumotni faqat sayt ma'muriyati ko'radi va undan arxivni yaxshilash uchun foydalanadi. Hisobni o'chirsangiz, bu yozuvlar sizdan ajratiladi.
5. Cookie fayllar
Sayt faqat zarur cookie fayllardan foydalanadi: til tanlovi, xavfsizlik (CSRF) va saytga kirganingizda sessiya. Reklama cookie fayllari ishlatilmaydi.
6. Ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga berish
Ma'lumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun bermaymiz. Ular faqat yuqorida aytilgan maqsadlarda (Google orqali kirish, Gemini, buyurtmani yetkazish) va qonunda belgilangan hollarda uzatiladi.
7. Hisobni o'chirish
Hisobingizni istalgan vaqtda kabinet sahifasidagi «Hisobni o'chirish» tugmasi bilan o'chirishingiz mumkin. Shundan so'ng profil ma'lumotlaringiz o'chiriladi. Bajarilayotgan buyurtmalar hisobingizdan ajratilgan holda saqlanadi.
8. O'zgarishlar
Bu siyosat yangilanishi mumkin. Yangi tahrir shu sahifada e'lon qilinadi.