Мастер
Hoji Abdulaziz Rasulov
Ҳожи Абдулазиз Расулов
Биография
Hofiz va sozanda, musiqa sohasida har tomonlama isteʼdod sohibi, oʼzining mustaqil uslubi–“Hoji Abdulaziz maktabi”ni yaratgan buyuk sanʼatkor. Samarqand mumtoz musiqa uslubining koʼzga koʼringan taniqli vakili.
Abdulaziz Samarqandda tugʼilgan. Uning ota–bobolari Qorateginlik boʼlgan oʼgʼli Abdulazizni xat savodini chiqarish uchun madrasalarda oʼqitishgan. Uning otasi erta oʼlib ketadi. Shu sababli Abdulaziz yoshligidanoq xattotlik qiladi. U dutor chalib ommaviy ashulalar doston nomalaridan tortib maqom yoʼllarigacha hamda doira joʼrligida diniy mavzudagi xonaqoyi aytimlar ijro etishni oʼzlashtirdi. Yigrma besh yoshlariga kelib Abdulaziz hofiz, sozanda sifatida butun Zarafshon vohasi va uning atroflarida keng tanila boshlandi.
Uning ustozlari tanburchi Hoji Raximqul (Raximberdi), Ota Jalol Nosirovlardan Shashmaqom saboqlarini oladi.
Uning ovoz imkoniyatlari keng boʼlganligi magnit tasmalarda yozilgan manʼbalardan taxminan bilishimiz mumkin. U lirik tenor boʼlib, ovozining paski registri quyuq, toʼliqdir. Baʼzida dramatik tenorni eslatadi, ammo oʼrta va yuqoridagi registrlarini tahlil qiladigan boʼlsak ovozidagi yumshoqlik, egiluvchanlik lirik tenor ekanligini bildiradi. Bunday ovoz turi milliy asarlarimizni rostmana ijrosi uchun juda mos keladi.
Hoji Abdulaziz garchand Samarqand maktabining vakili boʼlsa ham, uning sanʼati juda keng ahamiyat kasb etgan. Hofizning Buxoro, Toshkent, Fargʼona vodiysi va Turkistonda ham muxlislari juda koʼp boʼlgan. Bundan tashqari hofiz jahongashta sanʼatkor sifatida ham shuhrat qozongan. U obroʼ-eʼtiborli ustoz tarzida elning ziyolilari guruhiga qoʼshilib, ikki marotaba (1887-1888 va 1907-1908 yillarda) haj safarini bajargan. Uning nomiga “hoji” nisbasining qoʼshilishi ham haqiqiy asosga ega. Bundan tashqari Hoji Abdulaziz olimu fuzalolarga qoʼshilib Afgʼoniston, Eron, Turkiya, Arab mamlakatlari va Hindistonga sayohat qilgan.
Hozirgacha ustoz ijrosidagi oʼnga yaqin grammofon plastinkalari roʼxatgan olingan: Iroq, Qoʼqon ushshogʼi, Nasrulloyi, Chapandozi Navo, Mustazod, Chapandozi Gulyor, Beboqcha, Bozurgoniy, Doʼst Xudoyim ( keyingi nomi Gulizorim). Buyuk sanʼatkordan qolgan bu ovoz yozuvlari klassik musiqa ijrosining yuksak namunasi hamda yaqin tarixni oʼrganishda bebaho hujjat boʼlib xizmat qiladi.