Мастер
Shoqosim Shojalilov
Шоқосим Шожалилов
Биография
U Toshkentda san'atkor oilasida tavallud topdi. Otalari Shojalil hofiz o’sha davrning mashhur kishilaridan edi.
Uzoq yillar O’zbekiston radiosi qoshidagi musiqa ijrochilari ansamblida xonanda va sozanda sifatida ishladi. Ko’plab ustozlar va ularning ijodi bilan tanishadi, o’z ijro uslubiga ega bo’lish barobarida mumtoz shoirlar g’azallariga musiqalar bastalaydi.
Muqimiy g’azaliga “Ahd qildim”, Hislat muhammasiga “Hajringda ey yor”, “Toshkent Irog’i”, “Girya”, “Janon jamoling” kabi asarlar aynan Toshkent musiqiy uslubiga xosligi bilan ajrilib turadi.
U 1950 yili “O’zbekiston xalq hofizi” unvoni bilan taqdirlangan.