Back
Musical piece
Iroq
Ироқ
How to cite in academic work
×
If you use MerosLegacy in a term paper, thesis, dissertation or article, cite the source like this. The access date is today.
GOST used in Uzbekistan and the CIS
Iroq : Buxoro shashmaqomi, Buzruk, Nasr, 2 Guruh shobasi // MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive : [website]. – URL: https://meroslegacy.uz/en/kuy/iroq/ (accessed: 23.11.2026). Score source: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, I jild — Buzruk · pp. 137–144.
Copy
APA for international journals
MerosLegacy. (n.d.). Iroq : Buxoro shashmaqomi, Buzruk, Nasr, 2 Guruh shobasi . MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/en/kuy/iroq/
Copy
Score (PDF)
Read the score here or download it
Score passport
Pages pp. 137–144
Transcribed by Yunus Rajabiy
Iroq
Navoiy
Ne bo‘ldi dardima, ey bevafo, davo qilsang? Vafog‘a va’da qilib, va’daga vafo qilsang.
Tanimni qurb fizosida xoki roh etding, Boshimni vasl eshigiga oshno qilsang.
Sunub ko‘lumni yo‘zungga, murod etib hosil, Ochib yo‘zingni, ko‘zim hojatin ravo qilsang.
Visol avji biyik, ey ko‘ngul qushi, sen past, Yetishmak anda ne mumkin, agar havo qilsang.
Jahon g‘amin chu olur ber qadahni, ey soqiy, Olurmen ikki jahon mulkiga baho qilsang.
Zamona ahli jafosin tag‘oful aylarsen, Alar tag‘oful etib, kosh sen jafo qilsang.
Agarchi ahli navodur vale ul oy boqmas, Navoiy, necha bulbul kibi navo qilsang.
Audio recording
Listen online or save
Parts
Score passport
Pages pp. 144–149
Transcribed by Yunus Rajabiy
Talqinchai Iroq
Atoyi
Ey sarvi noz, qaysi chaman guluzorisen? Bu sheva birla jonu ko‘ngul ixtiyorisen.
Bu qomatu bu yuz bila firdavs bog‘ining To‘biy niholi birla gulu lolazorisen.
Umre dururki sayd bo‘libmen kamandingga, Bir so‘rmading ne bo‘ldiki, kimning shikorisen?
Da’vo qilur muhabbati ishqingni olame, To qaysi baxtu tolei farxunda yorisen?
Nozik iliklaringga nigor ehtiyoj emas, Boshtin oyog‘ chu husnu latofat nigorisen.
Usruk ko‘zing karashmada har lahza qon to‘kar, Ey turki shergir, ne maydon suvorisen?
Durdek, Atoyi, xalqa bago‘she bo‘lay desang, Qil ko‘z yoshingni har dam ul oyning nisori sen.
Score passport
Pages pp. 149–155
Transcribed by Yunus Rajabiy
Chapandozi Iroq
Nishotiy
Ey pari, tokay xarobi chashmi fattoning bo‘lay? Yuzdin ol burqa’ni, bir dam mahvu hayroning bo‘lay.
O‘rgulay boshingga har dam tori zulfingdek bo‘lib, Kim oyog‘ingga tushub, pomoli javloning bo‘lay.
Pardai shabgunni tashlab, aylagil bir dam xalos, Shomi g‘amdin, sadqai mehri daraxshoning bo‘lay.
Jam’ etarga xotirim ochgil musalsal sunbuling, Orazingda zulfdek tokay parishoning bo‘lay?
Boshimizdin soyai lutfu karamni qilma kam, Ey fidoi soyai sarvi xiromoning bo‘lay.
La’li mayguning mayindin bir dame mast et meni, To qachon maxmuri zori chashmi fattoning bo‘lay.
Och niqobing, g‘amza tiyg‘i birla to qoshing ko‘rub, Aylanib gohi tasadduq, goh qurboning bo‘lay.
Zulfingu qadding, qoshing harfi emish jonu jahon, Qil Nishotiyga tarahhum, sadqai joning bo‘lay.
Score passport
Pages pp. 155–159
Transcribed by Yunus Rajabiy
Soqiynomai Iroq
Munis
Yuzungkim husn burji uzra xurshedi daraxshondur, Anga boqqon kishi oyinadek albatta hayrondur.
Ayoni qilsam agar ohe chekib o‘rtar jahon ahlin, Yo‘zung hijronidinkim shu’lalar jonimda pinhondur.
Vafodin va’dalar aylab, birig‘a yetmading bildim, Ki ahli husnning ahdu vafosi yolg‘ondur…
Jamol ahlig‘a yo‘q hadkim, qoshingda jilva qilg‘aylar, Quyosh oldida anjum marzu husn etnak ne imkondur…
Visoling shahdidin ko‘nglumga shirinkomlig‘ yetkur, Ki ul g‘am sog‘aridin talxkomi zahri hijrondur.
Havoi zavqi ishqing toki Munis boshig‘a tushti, Junun dashtida majnuni aloxonu alomondur.
Score passport
Pages pp. 159–161
Transcribed by Yunus Rajabiy
Ufari Iroq
Munis
Ohi dil so‘zimg‘a ne bois tilarsiz, yorlar? Kim urarlar ko‘ngluma hijron o‘tin dildorlar.
Ishq sahrosida bir sargashtamenkim, topmag‘ay Necha yuz yil har sori gom ursalar sayyorlar.
Demangiz, ey do‘stlar, jonu ko‘ngulni naylading, Oldilar afsun bila men zordin makkorlar.
Joni sargashtim agar aylansa tong yo‘q og’zidin, Evrular albatta girdi nuqtadin pargorlar.
Ul labi maygun uza xatdurmu bo‘lmish oshkor, Yo magar gul bargi uzra bosh chiqarmi xorlar?
Yetsa bir g‘am barcha el g‘amxor o‘lur erdi manga, Emdikim yuz g‘am yetar, Munis, qani g‘amxorlar?
Ne bo‘ldi dardima, ey bevafo, davo qilsang? Vafog‘a va’da qilib, va’daga vafo qilsang.
Tanimni qurb fizosida xoki roh etding, Boshimni vasl eshigiga oshno qilsang.
Sunub ko‘lumni yo‘zungga, murod etib hosil, Ochib yo‘zingni, ko‘zim hojatin ravo qilsang.
Visol avji biyik, ey ko‘ngul qushi, sen past, Yetishmak anda ne mumkin, agar havo qilsang.
Jahon g‘amin chu olur ber qadahni, ey soqiy, Olurmen ikki jahon mulkiga baho qilsang.
Zamona ahli jafosin tag‘oful aylarsen, Alar tag‘oful etib, kosh sen jafo qilsang.
Agarchi ahli navodur vale ul oy boqmas, Navoiy, necha bulbul kibi navo qilsang.
Ey sarvi noz, qaysi chaman guluzorisen? Bu sheva birla jonu ko‘ngul ixtiyorisen.
Bu qomatu bu yuz bila firdavs bog‘ining To‘biy niholi birla gulu lolazorisen.
Umre dururki sayd bo‘libmen kamandingga, Bir so‘rmading ne bo‘ldiki, kimning shikorisen?
Da’vo qilur muhabbati ishqingni olame, To qaysi baxtu tolei farxunda yorisen?
Nozik iliklaringga nigor ehtiyoj emas, Boshtin oyog‘ chu husnu latofat nigorisen.
Usruk ko‘zing karashmada har lahza qon to‘kar, Ey turki shergir, ne maydon suvorisen?
Durdek, Atoyi, xalqa bago‘she bo‘lay desang, Qil ko‘z yoshingni har dam ul oyning nisori sen.
Ey pari, tokay xarobi chashmi fattoning bo‘lay? Yuzdin ol burqa’ni, bir dam mahvu hayroning bo‘lay.
O‘rgulay boshingga har dam tori zulfingdek bo‘lib, Kim oyog‘ingga tushub, pomoli javloning bo‘lay.
Pardai shabgunni tashlab, aylagil bir dam xalos, Shomi g‘amdin, sadqai mehri daraxshoning bo‘lay.
Jam’ etarga xotirim ochgil musalsal sunbuling, Orazingda zulfdek tokay parishoning bo‘lay?
Boshimizdin soyai lutfu karamni qilma kam, Ey fidoi soyai sarvi xiromoning bo‘lay.
La’li mayguning mayindin bir dame mast et meni, To qachon maxmuri zori chashmi fattoning bo‘lay.
Och niqobing, g‘amza tiyg‘i birla to qoshing ko‘rub, Aylanib gohi tasadduq, goh qurboning bo‘lay.
Zulfingu qadding, qoshing harfi emish jonu jahon, Qil Nishotiyga tarahhum, sadqai joning bo‘lay.
Yuzungkim husn burji uzra xurshedi daraxshondur, Anga boqqon kishi oyinadek albatta hayrondur.
Ayoni qilsam agar ohe chekib o‘rtar jahon ahlin, Yo‘zung hijronidinkim shu’lalar jonimda pinhondur.
Vafodin va’dalar aylab, birig‘a yetmading bildim, Ki ahli husnning ahdu vafosi yolg‘ondur…
Jamol ahlig‘a yo‘q hadkim, qoshingda jilva qilg‘aylar, Quyosh oldida anjum marzu husn etnak ne imkondur…
Visoling shahdidin ko‘nglumga shirinkomlig‘ yetkur, Ki ul g‘am sog‘aridin talxkomi zahri hijrondur.
Havoi zavqi ishqing toki Munis boshig‘a tushti, Junun dashtida majnuni aloxonu alomondur.
Ohi dil so‘zimg‘a ne bois tilarsiz, yorlar? Kim urarlar ko‘ngluma hijron o‘tin dildorlar.
Ishq sahrosida bir sargashtamenkim, topmag‘ay Necha yuz yil har sori gom ursalar sayyorlar.
Demangiz, ey do‘stlar, jonu ko‘ngulni naylading, Oldilar afsun bila men zordin makkorlar.
Joni sargashtim agar aylansa tong yo‘q og’zidin, Evrular albatta girdi nuqtadin pargorlar.
Ul labi maygun uza xatdurmu bo‘lmish oshkor, Yo magar gul bargi uzra bosh chiqarmi xorlar?
Yetsa bir g‘am barcha el g‘amxor o‘lur erdi manga, Emdikim yuz g‘am yetar, Munis, qani g‘amxorlar?
Resumed where you left off From the start