Musiqiy namuna

Iroq

Ироқ

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Iroq : Buxoro shashmaqomi, Buzruk, Nasr, 2 Guruh shobasi // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/kuy/iroq/ (murojaat sanasi: 23.11.2026). Nota manbasi: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, I jild — Buzruk · 137–144-betlar.

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Iroq : Buxoro shashmaqomi, Buzruk, Nasr, 2 Guruh shobasi. MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/kuy/iroq/

Musiqiy nota (PDF)

Nota yozuvini shu yerda o'qing yoki yuklab oling

Nota pasporti
Sahifalar
137–144-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Iroq
Navoiy

Ne bo‘ldi dardima, ey bevafo, davo qilsang?Vafog‘a va’da qilib, va’daga vafo qilsang.

Tanimni qurb fizosida xoki roh etding,Boshimni vasl eshigiga oshno qilsang.

Sunub ko‘lumni yo‘zungga, murod etib hosil,Ochib yo‘zingni, ko‘zim hojatin ravo qilsang.

Visol avji biyik, ey ko‘ngul qushi, sen past,Yetishmak anda ne mumkin, agar havo qilsang.

Jahon g‘amin chu olur ber qadahni, ey soqiy,Olurmen ikki jahon mulkiga baho qilsang.

Zamona ahli jafosin tag‘oful aylarsen,Alar tag‘oful etib, kosh sen jafo qilsang.

Agarchi ahli navodur vale ul oy boqmas,Navoiy, necha bulbul kibi navo qilsang.

Audio ijro

Taronani onlayn tinglang yoki saqlab oling

Shaxobchalari

1

Talqinchai Iroq

Nota pasporti
Sahifalar
144–149-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Talqinchai Iroq
Atoyi

Ey sarvi noz, qaysi chaman guluzorisen?Bu sheva birla jonu ko‘ngul ixtiyorisen.

Bu qomatu bu yuz bila firdavs bog‘iningTo‘biy niholi birla gulu lolazorisen.

Umre dururki sayd bo‘libmen kamandingga,Bir so‘rmading ne bo‘ldiki, kimning shikorisen?

Da’vo qilur muhabbati ishqingni olame,To qaysi baxtu tolei farxunda yorisen?

Nozik iliklaringga nigor ehtiyoj emas,Boshtin oyog‘ chu husnu latofat nigorisen.

Usruk ko‘zing karashmada har lahza qon to‘kar,Ey turki shergir, ne maydon suvorisen?

Durdek, Atoyi, xalqa bago‘she bo‘lay desang,Qil ko‘z yoshingni har dam ul oyning nisori sen.

Audio ijro

2

Chapandozi Iroq

Nota pasporti
Sahifalar
149–155-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Chapandozi Iroq
Nishotiy

Ey pari, tokay xarobi chashmi fattoning bo‘lay?Yuzdin ol burqa’ni, bir dam mahvu hayroning bo‘lay.

O‘rgulay boshingga har dam tori zulfingdek bo‘lib,Kim oyog‘ingga tushub, pomoli javloning bo‘lay.

Pardai shabgunni tashlab, aylagil bir dam xalos,Shomi g‘amdin, sadqai mehri daraxshoning bo‘lay.

Jam’ etarga xotirim ochgil musalsal sunbuling,Orazingda zulfdek tokay parishoning bo‘lay?

Boshimizdin soyai lutfu karamni qilma kam,Ey fidoi soyai sarvi xiromoning bo‘lay.

La’li mayguning mayindin bir dame mast et meni,To qachon maxmuri zori chashmi fattoning bo‘lay.

Och niqobing, g‘amza tiyg‘i birla to qoshing ko‘rub,Aylanib gohi tasadduq, goh qurboning bo‘lay.

Zulfingu qadding, qoshing harfi emish jonu jahon,Qil Nishotiyga tarahhum, sadqai joning bo‘lay.

Audio ijro

3

Soqiynomai Iroq

Nota pasporti
Sahifalar
155–159-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Soqiynomai Iroq
Munis

Yuzungkim husn burji uzra xurshedi daraxshondur,Anga boqqon kishi oyinadek albatta hayrondur.

Ayoni qilsam agar ohe chekib o‘rtar jahon ahlin,Yo‘zung hijronidinkim shu’lalar jonimda pinhondur.

Vafodin va’dalar aylab, birig‘a yetmading bildim,Ki ahli husnning ahdu vafosi yolg‘ondur…

Jamol ahlig‘a yo‘q hadkim, qoshingda jilva qilg‘aylar,Quyosh oldida anjum marzu husn etnak ne imkondur…

Visoling shahdidin ko‘nglumga shirinkomlig‘ yetkur,Ki ul g‘am sog‘aridin talxkomi zahri hijrondur.

Havoi zavqi ishqing toki Munis boshig‘a tushti,Junun dashtida majnuni aloxonu alomondur.

Audio ijro

4

Ufari Iroq

Nota pasporti
Sahifalar
159–161-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Ufari Iroq
Munis

Ohi dil so‘zimg‘a ne bois tilarsiz, yorlar?Kim urarlar ko‘ngluma hijron o‘tin dildorlar.

Ishq sahrosida bir sargashtamenkim, topmag‘ayNecha yuz yil har sori gom ursalar sayyorlar.

Demangiz, ey do‘stlar, jonu ko‘ngulni naylading,Oldilar afsun bila men zordin makkorlar.

Joni sargashtim agar aylansa tong yo‘q og’zidin,Evrular albatta girdi nuqtadin pargorlar.

Ul labi maygun uza xatdurmu bo‘lmish oshkor,Yo magar gul bargi uzra bosh chiqarmi xorlar?

Yetsa bir g‘am barcha el g‘amxor o‘lur erdi manga,Emdikim yuz g‘am yetar, Munis, qani g‘amxorlar?

Audio ijro

Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.