Musical piece

Mo'g'ulchai Dugoh

Мўғулчаи Дугоҳ

How to cite in academic work

If you use MerosLegacy in a term paper, thesis, dissertation or article, cite the source like this. The access date is today.

GOSTused in Uzbekistan and the CIS

Mo'g'ulchai Dugoh : Buxoro shashmaqomi, Dugoh, Nasr, 2 Guruh shobasi // MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive : [website]. – URL: https://meroslegacy.uz/en/kuy/mogulchai-dugoh/ (accessed: 23.11.2026). Score source: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, IV jild — Dugoh · pp. 93–98.

APAfor international journals

MerosLegacy. (n.d.). Mo'g'ulchai Dugoh : Buxoro shashmaqomi, Dugoh, Nasr, 2 Guruh shobasi. MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/en/kuy/mogulchai-dugoh/

Score (PDF)

Read the score here or download it

Score passport
Pages
pp. 93–98
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Mo'g'ulchai Dugoh
Navoiy

Yordin hijron chekar ushshoqi zor, ey doʻstlar,Necha tortay hajr, chun yoʻq menda yor, ey doʻstlar.

Yor ishqin asragʻil pinhon debon saʼy etmangiz,Vah, ne navʼ etkum yoʻq ishqni oshkor, ey doʻstlar.

Ishq birla gar birov lofi vafoyu ahd urar,Ishvagarlar ahdiga yoʻq eʼtibor, ey doʻstlar.

Aylamang bekasligimni taʼna, bir kun bor edi,Menga ham bir nozanin chobuksuvor, ey doʻstlar.

Yorsiz vayronda qon yigʻlarman men, siz qiling,Yor birla gashti bogʻu lolazor, ey doʻstlar.

Doʻstlik aylab tuting goh-goh labo-lab jomkim,Qasdi jon qilmish manga dardi xumor, ey doʻstlar.

May ichingkim, dahr eli ichra koʻp istab topmadik,Ahdu paymonida boʻlgʻon ustivor, ey doʻstlar.

Yoringiz vaslin gʻanimat aylabon shukr aylangiz,Kim, Navoiy boʻldi bekaslikda zor, ey doʻstlar.

Audio recording

Listen online or save

Parts

1

Talqinchai Mo'g'ulchai Dugoh

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 98–101
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Talqinchai Mo'g'ulchai Dugoh
Uvaysiy

Qildim duoyu har sahare iltijo senga,Ohu figʻonu nola bila yuz navo senga.

Nedin muyassar oʻlmadi barqi nufus kim,Bir ohu zorim oʻlmadi hech mustajo senga.

Zohirdurur mengo sengo maqbul emasligʻim,Begonaligʻda garchi durur oshno senga.

Avji spexr ustida goʻyoki mohi badr,Kim, nola ichra tobishi mehru vafo senga.

Bu majoroki qaydin oʻlubdur menga nasib,Roʻzi azalki ruhim oʻlub oshno senga.

Bilmamki dard avvali, bu ranj oxiri,Ishq oʻldi ibtidou yana intiho senga.

Vaysiy mudom ohu figʻon aylayub deyur,Qildim duoyu har sahare iltijo senga.

Audio recording

2

Qashqarchai Mo'g'ulchai Dugoh

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 101–104
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Qashqarchai Mo'g'ulchai Dugoh
Fuzuliy

Goʻrdim ul xurshid husnin, ixtiyorim qolmadi,Soyatek bir yerda durmogʻa qarorim qolmadi.

Bir gun oʻlmaz talʼating koʻrmak muyassar, ohkim,Zarracha ul gul yoninda eʼtiborim qolmadi.

Pok qildi xotirimdin dahri gʻam oinasin,Oʻyla mahv oʻldimki, bir zarra gʻuborim qolmadi.

Gʻam kuni hamdamlarim gʻarq oʻldilar goʻz yoshina,Silmaka goʻz yoshini bir gʻamguzorim qolmadi.

Roʻzgorim xush kechardi, ohkim, davron doʻnub,Oʻldi ahvolim xarob, ul roʻzgorim qolmadi.

Rohi ishq ichra banga anjaq fano maqsud edi,Shukrkim, maqsuda yetdim, intizorim qolmadi.

Ey Fuzuliy, el qamu agʻyorim oʻldi yor uchun,Soʻzi dildan gʻayri bir dilsoʻz yorim qolmadi.

Audio recording

3

Soqiynomai Mo'g'ulchai Dugoh

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 104–107
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Soqiynomai Mo'g'ulchai Dugoh
Nodira

Kel, dahrni imtihon etib ket,Sayri chamanni jahon etib ket.

Bedardlaring jafolaridin,Faryod chekib figʻon etib ket.

Dunyo chamanini bulbulisen,Gul shoxida oshiyon etib ket.

Ey ashk, koʻzimni maktabidin,Hayrat sabaqin ravon etib ket.

Ushshoq maqomi boʻstondur,Azmi rahi boʻston etib ket.

Maqsad na edi jahona kelding,Kayfiyatini bayon etib ket.

Fosh etma ulusqa ishq sirrin,Koʻngulda ani nihon etib ket.

Kel ishq yoʻlida koʻzlaringni,Ey Nodira, durfishon etib ket.

Audio recording

4

Ufari Mo'g'ulchai Dugoh

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 108–112
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Ufari Mo'g'ulchai Dugoh
Furqat

Yuzu zulfing furqatidin, ey dil oromim mening,Yigʻlamoqligʻ birla kechgay subh ila shomim mening.

Yoʻq erur osoyishim xoling gʻamidin kechalar,Naylayin talx oʻlsa bu taryokdin komim mening?

Xoki poyini fidosi jon oʻshal qosidnikim,Yetkurur boʻlsa janobinggʻa bu paygʻomim mening.

Zaflik jismim ramaqda jon oʻlar holatdaman,Tobakay hajringda kechsun boʻyla ayyomim mening.

Aylading azmi safar, qoldim agarchi telmurub,Sen bila ketdi barobar sabru oromim mening.

El chumon aylarki koʻshim bodai gulrang erur,Yoʻqlading yodida toʻlmish qon ila jomim mening.

Nega bulbuldek figʻonu qumridek chekmay navo,Sendin ayru Furqat, ey sarvi gulandomim mening.

Audio recording

Assalomu alaykum! I'm Arxivchi, the MerosLegacy archive assistant. Looking for a piece, a score, lyrics, a master or a recording? Write to me: I'll find it and help you download or listen.