Ortga qaytish
Musiqiy namuna
Mo'g'ulchai Dugoh
Мўғулчаи Дугоҳ
Ilmiy ishda qanday keltirish
×
Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.
GOST O'zbekiston va MDH oliy ta'limida
Mo'g'ulchai Dugoh : Buxoro shashmaqomi, Dugoh, Nasr, 2 Guruh shobasi // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/kuy/mogulchai-dugoh/ (murojaat sanasi: 23.11.2026). Nota manbasi: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, IV jild — Dugoh · 93–98-betlar.
Nusxa olish
APA Xalqaro maqolalar uchun
MerosLegacy. (n.d.). Mo'g'ulchai Dugoh : Buxoro shashmaqomi, Dugoh, Nasr, 2 Guruh shobasi . MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/kuy/mogulchai-dugoh/
Nusxa olish
Musiqiy nota (PDF)
Nota yozuvini shu yerda o'qing yoki yuklab oling
Nota pasporti
Sahifalar 93–98-betlar
Notaga olgan Yunus Rajabiy
Mo'g'ulchai Dugoh
Navoiy
Yordin hijron chekar ushshoqi zor, ey doʻstlar, Necha tortay hajr, chun yoʻq menda yor, ey doʻstlar.
Yor ishqin asragʻil pinhon debon saʼy etmangiz, Vah, ne navʼ etkum yoʻq ishqni oshkor, ey doʻstlar.
Ishq birla gar birov lofi vafoyu ahd urar, Ishvagarlar ahdiga yoʻq eʼtibor, ey doʻstlar.
Aylamang bekasligimni taʼna, bir kun bor edi, Menga ham bir nozanin chobuksuvor, ey doʻstlar.
Yorsiz vayronda qon yigʻlarman men, siz qiling, Yor birla gashti bogʻu lolazor, ey doʻstlar.
Doʻstlik aylab tuting goh-goh labo-lab jomkim, Qasdi jon qilmish manga dardi xumor, ey doʻstlar.
May ichingkim, dahr eli ichra koʻp istab topmadik, Ahdu paymonida boʻlgʻon ustivor, ey doʻstlar.
Yoringiz vaslin gʻanimat aylabon shukr aylangiz, Kim, Navoiy boʻldi bekaslikda zor, ey doʻstlar.
Audio ijro
Taronani onlayn tinglang yoki saqlab oling
Shaxobchalari
1
Talqinchai Mo'g'ulchai Dugoh
Nota pasporti
Sahifalar 98–101-betlar
Notaga olgan Yunus Rajabiy
Talqinchai Mo'g'ulchai Dugoh
Uvaysiy
Qildim duoyu har sahare iltijo senga, Ohu figʻonu nola bila yuz navo senga.
Nedin muyassar oʻlmadi barqi nufus kim, Bir ohu zorim oʻlmadi hech mustajo senga.
Zohirdurur mengo sengo maqbul emasligʻim, Begonaligʻda garchi durur oshno senga.
Avji spexr ustida goʻyoki mohi badr, Kim, nola ichra tobishi mehru vafo senga.
Bu majoroki qaydin oʻlubdur menga nasib, Roʻzi azalki ruhim oʻlub oshno senga.
Bilmamki dard avvali, bu ranj oxiri, Ishq oʻldi ibtidou yana intiho senga.
Vaysiy mudom ohu figʻon aylayub deyur, Qildim duoyu har sahare iltijo senga.
2
Qashqarchai Mo'g'ulchai Dugoh
Nota pasporti
Sahifalar 101–104-betlar
Notaga olgan Yunus Rajabiy
Qashqarchai Mo'g'ulchai Dugoh
Fuzuliy
Goʻrdim ul xurshid husnin, ixtiyorim qolmadi, Soyatek bir yerda durmogʻa qarorim qolmadi.
Bir gun oʻlmaz talʼating koʻrmak muyassar, ohkim, Zarracha ul gul yoninda eʼtiborim qolmadi.
Pok qildi xotirimdin dahri gʻam oinasin, Oʻyla mahv oʻldimki, bir zarra gʻuborim qolmadi.
Gʻam kuni hamdamlarim gʻarq oʻldilar goʻz yoshina, Silmaka goʻz yoshini bir gʻamguzorim qolmadi.
Roʻzgorim xush kechardi, ohkim, davron doʻnub, Oʻldi ahvolim xarob, ul roʻzgorim qolmadi.
Rohi ishq ichra banga anjaq fano maqsud edi, Shukrkim, maqsuda yetdim, intizorim qolmadi.
Ey Fuzuliy, el qamu agʻyorim oʻldi yor uchun, Soʻzi dildan gʻayri bir dilsoʻz yorim qolmadi.
3
Soqiynomai Mo'g'ulchai Dugoh
Nota pasporti
Sahifalar 104–107-betlar
Notaga olgan Yunus Rajabiy
Soqiynomai Mo'g'ulchai Dugoh
Nodira
Kel, dahrni imtihon etib ket, Sayri chamanni jahon etib ket.
Bedardlaring jafolaridin, Faryod chekib figʻon etib ket.
Dunyo chamanini bulbulisen, Gul shoxida oshiyon etib ket.
Ey ashk, koʻzimni maktabidin, Hayrat sabaqin ravon etib ket.
Ushshoq maqomi boʻstondur, Azmi rahi boʻston etib ket.
Maqsad na edi jahona kelding, Kayfiyatini bayon etib ket.
Fosh etma ulusqa ishq sirrin, Koʻngulda ani nihon etib ket.
Kel ishq yoʻlida koʻzlaringni, Ey Nodira, durfishon etib ket.
4
Ufari Mo'g'ulchai Dugoh
Nota pasporti
Sahifalar 108–112-betlar
Notaga olgan Yunus Rajabiy
Ufari Mo'g'ulchai Dugoh
Furqat
Yuzu zulfing furqatidin, ey dil oromim mening, Yigʻlamoqligʻ birla kechgay subh ila shomim mening.
Yoʻq erur osoyishim xoling gʻamidin kechalar, Naylayin talx oʻlsa bu taryokdin komim mening?
Xoki poyini fidosi jon oʻshal qosidnikim, Yetkurur boʻlsa janobinggʻa bu paygʻomim mening.
Zaflik jismim ramaqda jon oʻlar holatdaman, Tobakay hajringda kechsun boʻyla ayyomim mening.
Aylading azmi safar, qoldim agarchi telmurub, Sen bila ketdi barobar sabru oromim mening.
El chumon aylarki koʻshim bodai gulrang erur, Yoʻqlading yodida toʻlmish qon ila jomim mening.
Nega bulbuldek figʻonu qumridek chekmay navo, Sendin ayru Furqat, ey sarvi gulandomim mening.
Yordin hijron chekar ushshoqi zor, ey doʻstlar, Necha tortay hajr, chun yoʻq menda yor, ey doʻstlar.
Yor ishqin asragʻil pinhon debon saʼy etmangiz, Vah, ne navʼ etkum yoʻq ishqni oshkor, ey doʻstlar.
Ishq birla gar birov lofi vafoyu ahd urar, Ishvagarlar ahdiga yoʻq eʼtibor, ey doʻstlar.
Aylamang bekasligimni taʼna, bir kun bor edi, Menga ham bir nozanin chobuksuvor, ey doʻstlar.
Yorsiz vayronda qon yigʻlarman men, siz qiling, Yor birla gashti bogʻu lolazor, ey doʻstlar.
Doʻstlik aylab tuting goh-goh labo-lab jomkim, Qasdi jon qilmish manga dardi xumor, ey doʻstlar.
May ichingkim, dahr eli ichra koʻp istab topmadik, Ahdu paymonida boʻlgʻon ustivor, ey doʻstlar.
Yoringiz vaslin gʻanimat aylabon shukr aylangiz, Kim, Navoiy boʻldi bekaslikda zor, ey doʻstlar.
Talqinchai Mo'g'ulchai Dugoh
Uvaysiy
Qildim duoyu har sahare iltijo senga, Ohu figʻonu nola bila yuz navo senga.
Nedin muyassar oʻlmadi barqi nufus kim, Bir ohu zorim oʻlmadi hech mustajo senga.
Zohirdurur mengo sengo maqbul emasligʻim, Begonaligʻda garchi durur oshno senga.
Avji spexr ustida goʻyoki mohi badr, Kim, nola ichra tobishi mehru vafo senga.
Bu majoroki qaydin oʻlubdur menga nasib, Roʻzi azalki ruhim oʻlub oshno senga.
Bilmamki dard avvali, bu ranj oxiri, Ishq oʻldi ibtidou yana intiho senga.
Vaysiy mudom ohu figʻon aylayub deyur, Qildim duoyu har sahare iltijo senga.
Qashqarchai Mo'g'ulchai Dugoh
Fuzuliy
Goʻrdim ul xurshid husnin, ixtiyorim qolmadi, Soyatek bir yerda durmogʻa qarorim qolmadi.
Bir gun oʻlmaz talʼating koʻrmak muyassar, ohkim, Zarracha ul gul yoninda eʼtiborim qolmadi.
Pok qildi xotirimdin dahri gʻam oinasin, Oʻyla mahv oʻldimki, bir zarra gʻuborim qolmadi.
Gʻam kuni hamdamlarim gʻarq oʻldilar goʻz yoshina, Silmaka goʻz yoshini bir gʻamguzorim qolmadi.
Roʻzgorim xush kechardi, ohkim, davron doʻnub, Oʻldi ahvolim xarob, ul roʻzgorim qolmadi.
Rohi ishq ichra banga anjaq fano maqsud edi, Shukrkim, maqsuda yetdim, intizorim qolmadi.
Ey Fuzuliy, el qamu agʻyorim oʻldi yor uchun, Soʻzi dildan gʻayri bir dilsoʻz yorim qolmadi.
Soqiynomai Mo'g'ulchai Dugoh
Nodira
Kel, dahrni imtihon etib ket, Sayri chamanni jahon etib ket.
Bedardlaring jafolaridin, Faryod chekib figʻon etib ket.
Dunyo chamanini bulbulisen, Gul shoxida oshiyon etib ket.
Ey ashk, koʻzimni maktabidin, Hayrat sabaqin ravon etib ket.
Ushshoq maqomi boʻstondur, Azmi rahi boʻston etib ket.
Maqsad na edi jahona kelding, Kayfiyatini bayon etib ket.
Fosh etma ulusqa ishq sirrin, Koʻngulda ani nihon etib ket.
Kel ishq yoʻlida koʻzlaringni, Ey Nodira, durfishon etib ket.
Ufari Mo'g'ulchai Dugoh
Furqat
Yuzu zulfing furqatidin, ey dil oromim mening, Yigʻlamoqligʻ birla kechgay subh ila shomim mening.
Yoʻq erur osoyishim xoling gʻamidin kechalar, Naylayin talx oʻlsa bu taryokdin komim mening?
Xoki poyini fidosi jon oʻshal qosidnikim, Yetkurur boʻlsa janobinggʻa bu paygʻomim mening.
Zaflik jismim ramaqda jon oʻlar holatdaman, Tobakay hajringda kechsun boʻyla ayyomim mening.
Aylading azmi safar, qoldim agarchi telmurub, Sen bila ketdi barobar sabru oromim mening.
El chumon aylarki koʻshim bodai gulrang erur, Yoʻqlading yodida toʻlmish qon ila jomim mening.
Nega bulbuldek figʻonu qumridek chekmay navo, Sendin ayru Furqat, ey sarvi gulandomim mening.
Oxirgi o'qilgan joydan davom etildi Boshidan