Musical piece

Muxayyari Iroq

Мухайяри Ироқ

How to cite in academic work

If you use MerosLegacy in a term paper, thesis, dissertation or article, cite the source like this. The access date is today.

GOSTused in Uzbekistan and the CIS

Muxayyari Iroq : Buxoro shashmaqomi, Iroq, Nasr, 1 Guruh shobasi // MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive : [website]. – URL: https://meroslegacy.uz/en/kuy/muxayyari-iroq/ (accessed: 23.11.2026). Score source: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, VI jild — Iroq · pp. 47–51.

APAfor international journals

MerosLegacy. (n.d.). Muxayyari Iroq : Buxoro shashmaqomi, Iroq, Nasr, 1 Guruh shobasi. MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/en/kuy/muxayyari-iroq/

Score (PDF)

Read the score here or download it

Score passport
Pages
pp. 47–51
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Muxayyari Iroq
Fuzuliy

Niholi sarvdur qadding, qoshing nun ul nihol uzra,Misoli nuqtai nun, xoling ul mushkin hilol uzra.

O‘lub hayron go‘turman xatti xolingdin nazar go‘yoKo‘zim mardumlaridur nuqtalar ul xatti xol uzra.

Xam etding qomatim gar tarki sar qildimsa ma’zuram,Na uzrim vor agar derlarsa o‘lmaz nuqta dol uzra.

Ziloli xuni dildandir ko‘zim paymonasi mamlu,Hubob ustindadur ul nuqtakim ko‘rlar zilol uzra.

Yozar ko‘z pardasina ashk sharxi hol bilmaskim,Oʻxunmas qon ila yozilsa xati avroqi ol uzra.

Damo-dam qilki mujgoni-la tifli mardumi chashmim,Xati savdoyi xoling mashq edar lavhi xayol uzra.

Fuzuliyning tariyqi nazma tab’in mustaqim etmish,Xayoli qomatingkim bir alifdur e’tidol uzra.

Audio recording

Listen online or save

Parts

Taronas — in one recording

All taronas are performed in sequence; the score and lyrics of each tarona are below, separately.

1

Tarona I

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 51–55
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Tarona I
Navoiy

Zaxmim achitqon dam-badam ul la’li shakarxand erur.Vah-vah tuz ermish ulki, men qildim gumonkim, qand erur.

O‘tsang g‘amim sahrosidin, qonlig‘ ko‘ngul ajzosidin,Har lola bargin onglakim, bir dog‘lig‘ parqand erur.

Ko‘yingda munglug‘ jong‘a band yuz zaxm iladur xirkandMarham bila qo‘yg‘on momuq haryon anga payvand erur.

Majnun ko‘ngul qilmas havo, har yon o‘qingdin go‘yo,Kim, bu temur birla yag‘och xabsig‘a oning band erur.

Ko‘z uchi birla boqdingu qiyding Navoiy ko‘nglini,Bilding anikim, bir qiyo boqmoqg‘a hojatmand erur.

2

Tarona II

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 56–57
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Tarona II
Fazliy

Gul yuz uzra zulfingni bog‘ aro namoyon qil,Lola birla sunbulni dog‘ etib parishon qil.

Lolagul qabo jaybin tumasin ochib goxiy,Gul yaqosini chok et, g‘uncha bag‘rini qon qil.

Ey ko‘ngul, xarobingga kelsa yoshirib dardin,Voqif o‘lmasin mardum, ko‘z uyida mehmon qil.

Soqiyo yuzing aksi qildi badani gulgun,Lola rangin sog‘ar dut, bazmini guliston qil.

3

Tarona III

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 57–59
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Tarona III
Mashrab

Men nola qilay shomu sahar dod eshiginda,Jonimni beray sho‘xi parizod eshiginda.

Ul lolau, rayhonu suman, toza qizil gul,Chun sarv qadin bukladi shamshod eshiginda.

Zulfing seni bu jonima yuz domi balodur,Jonim qushini ayladi sayyod eshiginda.

Olam borisi lazzati husningni topibdur,Giryonu fig‘on, nola-yu faryod eshiginda.

Assalomu alaykum! I'm Arxivchi, the MerosLegacy archive assistant. Looking for a piece, a score, lyrics, a master or a recording? Write to me: I'll find it and help you download or listen.