Musiqiy namuna

Muxayyari Iroq

Мухайяри Ироқ

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Muxayyari Iroq : Buxoro shashmaqomi, Iroq, Nasr, 1 Guruh shobasi // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/kuy/muxayyari-iroq/ (murojaat sanasi: 23.11.2026). Nota manbasi: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, VI jild — Iroq · 47–51-betlar.

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Muxayyari Iroq : Buxoro shashmaqomi, Iroq, Nasr, 1 Guruh shobasi. MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/kuy/muxayyari-iroq/

Musiqiy nota (PDF)

Nota yozuvini shu yerda o'qing yoki yuklab oling

Nota pasporti
Sahifalar
47–51-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Muxayyari Iroq
Fuzuliy

Niholi sarvdur qadding, qoshing nun ul nihol uzra,Misoli nuqtai nun, xoling ul mushkin hilol uzra.

O‘lub hayron go‘turman xatti xolingdin nazar go‘yoKo‘zim mardumlaridur nuqtalar ul xatti xol uzra.

Xam etding qomatim gar tarki sar qildimsa ma’zuram,Na uzrim vor agar derlarsa o‘lmaz nuqta dol uzra.

Ziloli xuni dildandir ko‘zim paymonasi mamlu,Hubob ustindadur ul nuqtakim ko‘rlar zilol uzra.

Yozar ko‘z pardasina ashk sharxi hol bilmaskim,Oʻxunmas qon ila yozilsa xati avroqi ol uzra.

Damo-dam qilki mujgoni-la tifli mardumi chashmim,Xati savdoyi xoling mashq edar lavhi xayol uzra.

Fuzuliyning tariyqi nazma tab’in mustaqim etmish,Xayoli qomatingkim bir alifdur e’tidol uzra.

Audio ijro

Taronani onlayn tinglang yoki saqlab oling

Shaxobchalari

Taronalar — bitta yozuvda

Barcha taronalar ketma-ket ijro etilgan; har bir taronaning notasi va matni quyida alohida.

1

Tarona I

Nota pasporti
Sahifalar
51–55-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Tarona I
Navoiy

Zaxmim achitqon dam-badam ul la’li shakarxand erur.Vah-vah tuz ermish ulki, men qildim gumonkim, qand erur.

O‘tsang g‘amim sahrosidin, qonlig‘ ko‘ngul ajzosidin,Har lola bargin onglakim, bir dog‘lig‘ parqand erur.

Ko‘yingda munglug‘ jong‘a band yuz zaxm iladur xirkandMarham bila qo‘yg‘on momuq haryon anga payvand erur.

Majnun ko‘ngul qilmas havo, har yon o‘qingdin go‘yo,Kim, bu temur birla yag‘och xabsig‘a oning band erur.

Ko‘z uchi birla boqdingu qiyding Navoiy ko‘nglini,Bilding anikim, bir qiyo boqmoqg‘a hojatmand erur.

2

Tarona II

Nota pasporti
Sahifalar
56–57-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Tarona II
Fazliy

Gul yuz uzra zulfingni bog‘ aro namoyon qil,Lola birla sunbulni dog‘ etib parishon qil.

Lolagul qabo jaybin tumasin ochib goxiy,Gul yaqosini chok et, g‘uncha bag‘rini qon qil.

Ey ko‘ngul, xarobingga kelsa yoshirib dardin,Voqif o‘lmasin mardum, ko‘z uyida mehmon qil.

Soqiyo yuzing aksi qildi badani gulgun,Lola rangin sog‘ar dut, bazmini guliston qil.

3

Tarona III

Nota pasporti
Sahifalar
57–59-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Tarona III
Mashrab

Men nola qilay shomu sahar dod eshiginda,Jonimni beray sho‘xi parizod eshiginda.

Ul lolau, rayhonu suman, toza qizil gul,Chun sarv qadin bukladi shamshod eshiginda.

Zulfing seni bu jonima yuz domi balodur,Jonim qushini ayladi sayyod eshiginda.

Olam borisi lazzati husningni topibdur,Giryonu fig‘on, nola-yu faryod eshiginda.

Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.