Musical piece

Nasri Segoh

Насри Сегоҳ

How to cite in academic work

If you use MerosLegacy in a term paper, thesis, dissertation or article, cite the source like this. The access date is today.

GOSTused in Uzbekistan and the CIS

Nasri Segoh : Buxoro shashmaqomi, Segoh, Nasr, 1 Guruh shobasi // MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive : [website]. – URL: https://meroslegacy.uz/en/kuy/nasri-segoh/ (accessed: 23.11.2026). Score source: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, V jild — Segoh · pp. 46–51.

APAfor international journals

MerosLegacy. (n.d.). Nasri Segoh : Buxoro shashmaqomi, Segoh, Nasr, 1 Guruh shobasi. MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/en/kuy/nasri-segoh/

Score (PDF)

Read the score here or download it

Score passport
Pages
pp. 46–51
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Nasri Segoh
Amiriy

Sharobi nob to bazm ichra ruxsoringni ol etmish,Xijolat bargi gulni paymoli infiol etmish.

Ko‘tarmas boshini sarvi sihi bori xijolatdin,Xiromi noz to gulshanda ul zebo nihol etmish.

Bo‘lub majnun, kiyiklar suhbatini ixtiyor etmon,Mani devonani to vola bir vaxshi g‘azol etmish.

Xazin ko‘nglum qushi parvoz etar ko‘yung xavosida,O‘qingdin par chiqorib, har taraf jismini bol etmish.

Netay, gar jomi jam birla Iskandar ko‘zgusi bo‘lsa,Bukun dayr ichra soqi qismatim singan sofol etmish.

Dema holim ko‘rib, iz vajhdin betob erur ko‘nglung,Muhabbat dardi oning notovonu bemajol etmish.

Tamannoiy sari zulfing tushib boshimg‘a, xayronman,Junun kuyida bu savdo mani oshufta hol etmish.

Xazar aylangiz, e ushshoq, ul berahm qotildin,Bu kun kish bo‘rqini egri qo‘yub, zebi jamol etmish.

Amir olamg‘a bersa ishq irshodin, tong ermaskim,Muhabbat pirig‘a xizmat qilib, kasbi qamol etmish.

Audio recording

Listen online or save

Parts

1

Tarona

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 51–54
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Tarona
Huvaydo

Og‘rimay joni, na bilsun ul kishi jon qadrini,Dardi yo‘q, bedard bilsun dardmandon qadrini.

Qadri gulni bulbuli shaydo bilur har navbahor,Na bilur zog‘u zag‘on gul birla bo‘ston qadrini.

Maqsadin xosil qilolmas bemashaqqat hech kishi,Toki chekmay ochlikni na bilur jon qadrini.

Xalq aro ko‘p so‘zlama, saqla o‘zingni, bilmog‘inTez og‘izlik qilmag‘il, bilg‘il suxandon qadirini.

G‘uncha ko‘p og‘zini ochqach, bog‘da ko‘ymay uzdilar,Og‘zini ochmaslikda bildi bog‘bon qadirini.

Har qayu bilmas, Huvaydo, qadri dardi ishqini,Ore bilmas sogmagaslar shakkariston qadrini.

Audio recording

Assalomu alaykum! I'm Arxivchi, the MerosLegacy archive assistant. Looking for a piece, a score, lyrics, a master or a recording? Write to me: I'll find it and help you download or listen.