Musiqiy namuna

Nasri Segoh

Насри Сегоҳ

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Nasri Segoh : Buxoro shashmaqomi, Segoh, Nasr, 1 Guruh shobasi // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/kuy/nasri-segoh/ (murojaat sanasi: 23.11.2026). Nota manbasi: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, V jild — Segoh · 46–51-betlar.

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Nasri Segoh : Buxoro shashmaqomi, Segoh, Nasr, 1 Guruh shobasi. MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/kuy/nasri-segoh/

Musiqiy nota (PDF)

Nota yozuvini shu yerda o'qing yoki yuklab oling

Nota pasporti
Sahifalar
46–51-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Nasri Segoh
Amiriy

Sharobi nob to bazm ichra ruxsoringni ol etmish,Xijolat bargi gulni paymoli infiol etmish.

Ko‘tarmas boshini sarvi sihi bori xijolatdin,Xiromi noz to gulshanda ul zebo nihol etmish.

Bo‘lub majnun, kiyiklar suhbatini ixtiyor etmon,Mani devonani to vola bir vaxshi g‘azol etmish.

Xazin ko‘nglum qushi parvoz etar ko‘yung xavosida,O‘qingdin par chiqorib, har taraf jismini bol etmish.

Netay, gar jomi jam birla Iskandar ko‘zgusi bo‘lsa,Bukun dayr ichra soqi qismatim singan sofol etmish.

Dema holim ko‘rib, iz vajhdin betob erur ko‘nglung,Muhabbat dardi oning notovonu bemajol etmish.

Tamannoiy sari zulfing tushib boshimg‘a, xayronman,Junun kuyida bu savdo mani oshufta hol etmish.

Xazar aylangiz, e ushshoq, ul berahm qotildin,Bu kun kish bo‘rqini egri qo‘yub, zebi jamol etmish.

Amir olamg‘a bersa ishq irshodin, tong ermaskim,Muhabbat pirig‘a xizmat qilib, kasbi qamol etmish.

Audio ijro

Taronani onlayn tinglang yoki saqlab oling

Shaxobchalari

1

Tarona

Nota pasporti
Sahifalar
51–54-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Tarona
Huvaydo

Og‘rimay joni, na bilsun ul kishi jon qadrini,Dardi yo‘q, bedard bilsun dardmandon qadrini.

Qadri gulni bulbuli shaydo bilur har navbahor,Na bilur zog‘u zag‘on gul birla bo‘ston qadrini.

Maqsadin xosil qilolmas bemashaqqat hech kishi,Toki chekmay ochlikni na bilur jon qadrini.

Xalq aro ko‘p so‘zlama, saqla o‘zingni, bilmog‘inTez og‘izlik qilmag‘il, bilg‘il suxandon qadirini.

G‘uncha ko‘p og‘zini ochqach, bog‘da ko‘ymay uzdilar,Og‘zini ochmaslikda bildi bog‘bon qadirini.

Har qayu bilmas, Huvaydo, qadri dardi ishqini,Ore bilmas sogmagaslar shakkariston qadrini.

Audio ijro

Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.