Musical piece

Sarahbori Iroq

Сараҳбори Ироқ

How to cite in academic work

If you use MerosLegacy in a term paper, thesis, dissertation or article, cite the source like this. The access date is today.

GOSTused in Uzbekistan and the CIS

Sarahbori Iroq : Buxoro shashmaqomi, Iroq, Nasr, 1 Guruh shobasi // MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive : [website]. – URL: https://meroslegacy.uz/en/kuy/sarahbori-iroq/ (accessed: 23.11.2026). Score source: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, VI jild — Iroq · pp. 33–39.

APAfor international journals

MerosLegacy. (n.d.). Sarahbori Iroq : Buxoro shashmaqomi, Iroq, Nasr, 1 Guruh shobasi. MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/en/kuy/sarahbori-iroq/

Score (PDF)

Read the score here or download it

Score passport
Pages
pp. 33–39
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Sarahbori Iroq
Navoiy

Sirishk qonin ayog‘ing uchun xino qilayin.Qabul tushsa qarog‘im ezib qaro qilayin.

Aqiq la’lingga jon javharin nisor aylay,Savodi xolingg‘a ko‘z mardumin fido qilayin.

Qaro menging bila qading xayoli kelsa, vatanMunga ko‘z ichra yasay, anga jon aro qilayin.

Qadingki soya solibtur uloy anga, ya’niKi, ishq alamin alifbedin ibtido qilayin.

Labini qasdima tishlar, yuziga telmursam,Boqib turib necha o‘z jonima jafo qilayin.

Ko‘ngul qushikim erur jilvagohi gulshani quds,Bu domgoxda nedin oni mubtalo qilayin.

Navoiy yo, g‘amim ahli vara’din o‘lmadi kam,Qoʻy endi, maykada pirig‘a iltijo qilayin.

Audio recording

Listen online or save

Parts

Taronas — in one recording

All taronas are performed in sequence; the score and lyrics of each tarona are below, separately.

1

Tarona I

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 39–41
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Tarona I
Mashrab

Ishqing o‘tidin, dilbar, har damda kuyay derman,Qonim bila, ey jonon, olamni bo‘yay derman.

Yuzing bila qoshingdin o‘zgaga nazar qilsam,Xanjar olibon qo‘lg‘a, ko‘zumni o‘yay derman.

Mijgon o‘qidin, dilbar, qonimni to‘kar bo‘lsang,Ul sham’i jamolingg‘a parvona bo‘lay derman.

Mashrab seni deb, dilbar, kechdi ikki olamdin,Rahm aylagil, ey jono, birgina ko‘ray derman.

2

Tarona II

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 41
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Tarona II
Hoviz

Xirqamni garov qo‘ygum, bir kosa sharob avlo,Bema’ni nasixatdin menga mayi nob avlo.

Bir sen kabi dilbardin ko‘nglimni uzolmasman,Sendan bosh agar tortsam, bo‘ynimga tanob avlo.

3

Tarona III

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 42–43
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Tarona III
Muazzam

Aduvlardin qochib uzlat yo‘lini tutmasam bo‘lmas,O‘zimni yaxshilarni suhbatiga tutmasam bo‘lmas.

Bu nafsi sarkashing doim g‘alat yo‘llarga boshlaydur,Qanoatdin yugan solib jilovdin qoqmasam bo‘lmas.

Xuruj aylab ko‘ngul taxtiga kelsa ishq savdosi,Anga peshkash uchun jonimni hadya qilmasam bo‘lmas.

4

Tarona IV

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 43–45
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Tarona IV
Munis

Alam chekding chu husn avjigʻa yuzing oftob aylab,Uzoring zarrasi bo‘ldilar oy, kun iztirob aylab.

Baho qilsang agar vaslingg‘a jonim javharin, ey sho‘x,Berurmen bo‘lsa yuz jonimu mingdin bir hisob aylab.

Davodur no‘shi vasling oshiqi maxjur dardig‘a,Davo etkurki o‘lmishmen meni hajring xarob aylab.

Netong bo‘lsa damimdin dudlar har lahza soidkim,Nihoni bog‘lar ko‘nglimda o‘rtarsen azob aylab.

Gahi Majnun kibi, Munis, kularmen, goh yig‘larmen,Meni o‘z holima qo‘ymas bu davron inqilob aylab.

5

Tarona V

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 45–46
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Tarona V
Xalq

Kuydirasan bizniYondirasan, bizni.

Bir qo‘limda jomim bor ,Bir qo‘limda paymona.Aqlimni tamom oldiShu ko‘zlari mastona.

6

Tarona VI

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 46–47
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Tarona VI
Munis

Ko‘yinda qilay desam gadolig‘,Tark aylading ahli oshnolig‘.

Begonag‘a aylab oshnolig‘Solma orag‘a vale judolig‘

Assalomu alaykum! I'm Arxivchi, the MerosLegacy archive assistant. Looking for a piece, a score, lyrics, a master or a recording? Write to me: I'll find it and help you download or listen.