Musiqiy namuna

Sarahbori Iroq

Сараҳбори Ироқ

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Sarahbori Iroq : Buxoro shashmaqomi, Iroq, Nasr, 1 Guruh shobasi // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/kuy/sarahbori-iroq/ (murojaat sanasi: 23.11.2026). Nota manbasi: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, VI jild — Iroq · 33–39-betlar.

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Sarahbori Iroq : Buxoro shashmaqomi, Iroq, Nasr, 1 Guruh shobasi. MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/kuy/sarahbori-iroq/

Musiqiy nota (PDF)

Nota yozuvini shu yerda o'qing yoki yuklab oling

Nota pasporti
Sahifalar
33–39-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Sarahbori Iroq
Navoiy

Sirishk qonin ayog‘ing uchun xino qilayin.Qabul tushsa qarog‘im ezib qaro qilayin.

Aqiq la’lingga jon javharin nisor aylay,Savodi xolingg‘a ko‘z mardumin fido qilayin.

Qaro menging bila qading xayoli kelsa, vatanMunga ko‘z ichra yasay, anga jon aro qilayin.

Qadingki soya solibtur uloy anga, ya’niKi, ishq alamin alifbedin ibtido qilayin.

Labini qasdima tishlar, yuziga telmursam,Boqib turib necha o‘z jonima jafo qilayin.

Ko‘ngul qushikim erur jilvagohi gulshani quds,Bu domgoxda nedin oni mubtalo qilayin.

Navoiy yo, g‘amim ahli vara’din o‘lmadi kam,Qoʻy endi, maykada pirig‘a iltijo qilayin.

Audio ijro

Taronani onlayn tinglang yoki saqlab oling

Shaxobchalari

Taronalar — bitta yozuvda

Barcha taronalar ketma-ket ijro etilgan; har bir taronaning notasi va matni quyida alohida.

1

Tarona I

Nota pasporti
Sahifalar
39–41-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Tarona I
Mashrab

Ishqing o‘tidin, dilbar, har damda kuyay derman,Qonim bila, ey jonon, olamni bo‘yay derman.

Yuzing bila qoshingdin o‘zgaga nazar qilsam,Xanjar olibon qo‘lg‘a, ko‘zumni o‘yay derman.

Mijgon o‘qidin, dilbar, qonimni to‘kar bo‘lsang,Ul sham’i jamolingg‘a parvona bo‘lay derman.

Mashrab seni deb, dilbar, kechdi ikki olamdin,Rahm aylagil, ey jono, birgina ko‘ray derman.

2

Tarona II

Nota pasporti
Sahifalar
41-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Tarona II
Hoviz

Xirqamni garov qo‘ygum, bir kosa sharob avlo,Bema’ni nasixatdin menga mayi nob avlo.

Bir sen kabi dilbardin ko‘nglimni uzolmasman,Sendan bosh agar tortsam, bo‘ynimga tanob avlo.

3

Tarona III

Nota pasporti
Sahifalar
42–43-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Tarona III
Muazzam

Aduvlardin qochib uzlat yo‘lini tutmasam bo‘lmas,O‘zimni yaxshilarni suhbatiga tutmasam bo‘lmas.

Bu nafsi sarkashing doim g‘alat yo‘llarga boshlaydur,Qanoatdin yugan solib jilovdin qoqmasam bo‘lmas.

Xuruj aylab ko‘ngul taxtiga kelsa ishq savdosi,Anga peshkash uchun jonimni hadya qilmasam bo‘lmas.

4

Tarona IV

Nota pasporti
Sahifalar
43–45-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Tarona IV
Munis

Alam chekding chu husn avjigʻa yuzing oftob aylab,Uzoring zarrasi bo‘ldilar oy, kun iztirob aylab.

Baho qilsang agar vaslingg‘a jonim javharin, ey sho‘x,Berurmen bo‘lsa yuz jonimu mingdin bir hisob aylab.

Davodur no‘shi vasling oshiqi maxjur dardig‘a,Davo etkurki o‘lmishmen meni hajring xarob aylab.

Netong bo‘lsa damimdin dudlar har lahza soidkim,Nihoni bog‘lar ko‘nglimda o‘rtarsen azob aylab.

Gahi Majnun kibi, Munis, kularmen, goh yig‘larmen,Meni o‘z holima qo‘ymas bu davron inqilob aylab.

5

Tarona V

Nota pasporti
Sahifalar
45–46-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Tarona V
Xalq

Kuydirasan bizniYondirasan, bizni.

Bir qo‘limda jomim bor ,Bir qo‘limda paymona.Aqlimni tamom oldiShu ko‘zlari mastona.

6

Tarona VI

Nota pasporti
Sahifalar
46–47-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Tarona VI
Munis

Ko‘yinda qilay desam gadolig‘,Tark aylading ahli oshnolig‘.

Begonag‘a aylab oshnolig‘Solma orag‘a vale judolig‘

Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.