Musical piece

Savti Chorgoh

Савти Чоргоҳ

How to cite in academic work

If you use MerosLegacy in a term paper, thesis, dissertation or article, cite the source like this. The access date is today.

GOSTused in Uzbekistan and the CIS

Savti Chorgoh : Buxoro shashmaqomi, Dugoh, Nasr, 2 Guruh shobasi // MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive : [website]. – URL: https://meroslegacy.uz/en/kuy/savti-chorgoh/ (accessed: 23.11.2026). Score source: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, IV jild — Dugoh · pp. 78–81.

APAfor international journals

MerosLegacy. (n.d.). Savti Chorgoh : Buxoro shashmaqomi, Dugoh, Nasr, 2 Guruh shobasi. MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/en/kuy/savti-chorgoh/

Score (PDF)

Read the score here or download it

Score passport
Pages
pp. 78–81
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Savti Chorgoh
Yusuf Saryomiy

Meni, g‘am muncha ham taklifi sahroyi junun etma,Firoqu hajr afg‘onimni kun-kundin fuzun etma.

Falakdek dog‘i hasrat jomi ayshim sarnagun etma,Xazin ko‘nglumni vayron aylama, holim zabun etma.

Ezib bag‘rimni mehnat ilkida, diydamni xun etma,Xayolimni menga juz ko‘yi jonon rahnamun etma.

Menga, ey nosiho, ko‘p “tarki yor et”, deb fusun etma,Parishon xotirim, ey aql, holim ozmun etma.

Malomat toshin urma boshima, ko‘p ta’ni dun etma,Muridi ishq o‘lubman, o‘zga ta’limi funun etma.

Ko‘zumg‘a jilvagardur husn, behbudimni bun etma,Nafas kuydurmangizlar manga emdi harfi sud etma.

Audio recording

Listen online or save

Parts

1

Talqinchai Savti Chorgoh

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 81–84
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Talqinchai Savti Chorgoh
Zavqiy

Ey nigohboni tag‘ofil, muncha zor aylar ko‘zing,Boqmay oshiq sorig‘a, ag‘yori yor aylar ko‘zing.

Nargisingiz, voykim, hijron zimistonidaman,Kimga boqsang daf’atan fasli bahor aylar ko‘zing.

Men na tanho so‘rmisham, o‘t soldi olam ahlig‘a,Bu ajab kuydurguchidur, nuri nor aylar ko‘zing.

Ro‘zgorim sham’i ro‘yingdin munavvar qilmasang,Manga bu olamni go‘yo tangu tor aylar ko‘zing.

Bu na shahlo chashmlig‘durkim qiyo boqmay hamon,Betavaqquf dilni dardidin guzor aylar ko‘zing.

Vasl, men Zavqiyni yetgurgil Muqimiy ko‘yig‘a,Pechu tobi Furqating xummori yor aylar ko‘zing.

Audio recording

2

Qashqarchai Savti Chorgoh

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 84–86
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Qashqarchai Savti Chorgoh
Uvaysiy

Telmurib qon yig‘layub men oshiqona ko‘z tutay,Yuzi gul, la’li labi mul jonajona ko‘z tutay.

O‘ynatib kelgay samandin, ey ulus, man’ ayla ko‘z,Intizorida qolon shohi zamona ko‘z tutay.

Kimsa badgo‘ yonidin topti ko‘ngul har dam vafot,Har so‘zidur bir Masih shirin zabona ko‘z tutay.

Siflai dundin bu kun ashkim bo‘lubdur lolagun,Ham o‘zi sarrof, ham boimtihona ko‘z tutay.

Paykari badxola ravzan zohir o‘lmish beshumor,Jumlai suroxidin ruhi ravona ko‘z tutay.

Boshima solsa malomat qushlari koshonae,Ishqida ashkimni aylab dona-dona ko‘z tutay.

Soqiyo, o‘ltursa sog‘ar ber Uvaysiy ilgina,Chehrai maydinki aksi mehribona ko‘z tutay.

Audio recording

3

Soqiynomai Savti Chorgoh

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 86–88
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Soqiynomai Savti Chorgoh
Avaz

Nigorim moyili ag‘yor o‘lubdur,Alarg‘a munisu g‘amxor o‘lubdur.

Raqiblar sori ketmish yo magarkim,Meni bechoradin bezor o‘lubdur.

Tutub o‘zga jafovu javr rasmim,Ul oy ag‘yor eliga yor o‘lubdur.

Hamul mahbub behamtoyi olam,Vafo oyinida ne bor o‘lubdur.

Jamoli yodi birla furqat ichra,Ishim chekmak fig‘onu zor o‘lubdur.

Manga mehru muhabbat bo‘lsa odat,Anga zulmu sitam atvor o‘lubdur.

G‘aming shamshiridin ey sho‘xi barno,Avazning siynasi afgor o‘lubdur.

4

Ufari Savti Chorgoh

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 88–92
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Ufari Savti Chorgoh
Muqimiy

Rost qaddingdek jahon bog‘ida sarv ozod kim,Ham bu qotil ko‘zlaringdek qon to‘kar jallod kam.

Vah na beparvo falak sho‘xi sitamgardurki sen,Bo‘lmagan vayron aningdin xotiri obod kam.

Ofati jon zulfi rayhon, anbarin xolu xati,Yuzlari gul, sochi sunbul, qomati shamshod kam.

Fitnaju, tundu tag‘ofilpesha xo‘blar ko‘z vale,Sen kabi beboku zolim, sangdil, po‘lod kam.

Odamidin bir o‘zingdek navjuvon bor o‘lg‘onin,Ushbu gulshan ichra piri dahr bermay yod kam.

Xoma sindurdi, chekalmay surating tasvirini,Singan erdi shuncha suratlar chekib Behzod kam.

Nargising javrin Muqimiyga ko‘rib rahm aylamish,Charx aylar necha kundur men dedim bedod kam.

Audio recording

Assalomu alaykum! I'm Arxivchi, the MerosLegacy archive assistant. Looking for a piece, a score, lyrics, a master or a recording? Write to me: I'll find it and help you download or listen.