Назад
Музыкальный образец
Savti Chorgoh
Савти Чоргоҳ
Как сослаться в научной работе
×
Если вы используете MerosLegacy в курсовой, дипломе, диссертации или статье, укажите источник так. Дата обращения — сегодняшняя.
GOST для вузов Узбекистана и СНГ
Savti Chorgoh : Buxoro shashmaqomi, Dugoh, Nasr, 2 Guruh shobasi // MerosLegacy — архив узбекского макомного наследия : [сайт]. – URL: https://meroslegacy.uz/ru/kuy/savti-chorgoh/ (дата обращения: 23.11.2026). Источник нот: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, IV jild — Dugoh · с. 78–81.
Копировать
APA для международных статей
MerosLegacy. (n.d.). Savti Chorgoh : Buxoro shashmaqomi, Dugoh, Nasr, 2 Guruh shobasi . MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/ru/kuy/savti-chorgoh/
Копировать
Ноты (PDF)
Читайте ноты прямо здесь или скачайте
Паспорт нот
Страницы с. 78–81
Записал ноты Yunus Rajabiy
Savti Chorgoh
Yusuf Saryomiy
Meni, g‘am muncha ham taklifi sahroyi junun etma, Firoqu hajr afg‘onimni kun-kundin fuzun etma.
Falakdek dog‘i hasrat jomi ayshim sarnagun etma, Xazin ko‘nglumni vayron aylama, holim zabun etma.
Ezib bag‘rimni mehnat ilkida, diydamni xun etma, Xayolimni menga juz ko‘yi jonon rahnamun etma.
Menga, ey nosiho, ko‘p “tarki yor et”, deb fusun etma, Parishon xotirim, ey aql, holim ozmun etma.
Malomat toshin urma boshima, ko‘p ta’ni dun etma, Muridi ishq o‘lubman, o‘zga ta’limi funun etma.
Ko‘zumg‘a jilvagardur husn, behbudimni bun etma, Nafas kuydurmangizlar manga emdi harfi sud etma.
Аудиозапись
Слушайте онлайн или сохраните
Части
1
Talqinchai Savti Chorgoh
Паспорт нот
Страницы с. 81–84
Записал ноты Yunus Rajabiy
Talqinchai Savti Chorgoh
Zavqiy
Ey nigohboni tag‘ofil, muncha zor aylar ko‘zing, Boqmay oshiq sorig‘a, ag‘yori yor aylar ko‘zing.
Nargisingiz, voykim, hijron zimistonidaman, Kimga boqsang daf’atan fasli bahor aylar ko‘zing.
Men na tanho so‘rmisham, o‘t soldi olam ahlig‘a, Bu ajab kuydurguchidur, nuri nor aylar ko‘zing.
Ro‘zgorim sham’i ro‘yingdin munavvar qilmasang, Manga bu olamni go‘yo tangu tor aylar ko‘zing.
Bu na shahlo chashmlig‘durkim qiyo boqmay hamon, Betavaqquf dilni dardidin guzor aylar ko‘zing.
Vasl, men Zavqiyni yetgurgil Muqimiy ko‘yig‘a, Pechu tobi Furqating xummori yor aylar ko‘zing.
2
Qashqarchai Savti Chorgoh
Паспорт нот
Страницы с. 84–86
Записал ноты Yunus Rajabiy
Qashqarchai Savti Chorgoh
Uvaysiy
Telmurib qon yig‘layub men oshiqona ko‘z tutay, Yuzi gul, la’li labi mul jonajona ko‘z tutay.
O‘ynatib kelgay samandin, ey ulus, man’ ayla ko‘z, Intizorida qolon shohi zamona ko‘z tutay.
Kimsa badgo‘ yonidin topti ko‘ngul har dam vafot, Har so‘zidur bir Masih shirin zabona ko‘z tutay.
Siflai dundin bu kun ashkim bo‘lubdur lolagun, Ham o‘zi sarrof, ham boimtihona ko‘z tutay.
Paykari badxola ravzan zohir o‘lmish beshumor, Jumlai suroxidin ruhi ravona ko‘z tutay.
Boshima solsa malomat qushlari koshonae, Ishqida ashkimni aylab dona-dona ko‘z tutay.
Soqiyo, o‘ltursa sog‘ar ber Uvaysiy ilgina, Chehrai maydinki aksi mehribona ko‘z tutay.
3
Soqiynomai Savti Chorgoh
Паспорт нот
Страницы с. 86–88
Записал ноты Yunus Rajabiy
Soqiynomai Savti Chorgoh
Avaz
Nigorim moyili ag‘yor o‘lubdur, Alarg‘a munisu g‘amxor o‘lubdur.
Raqiblar sori ketmish yo magarkim, Meni bechoradin bezor o‘lubdur.
Tutub o‘zga jafovu javr rasmim, Ul oy ag‘yor eliga yor o‘lubdur.
Hamul mahbub behamtoyi olam, Vafo oyinida ne bor o‘lubdur.
Jamoli yodi birla furqat ichra, Ishim chekmak fig‘onu zor o‘lubdur.
Manga mehru muhabbat bo‘lsa odat, Anga zulmu sitam atvor o‘lubdur.
G‘aming shamshiridin ey sho‘xi barno, Avazning siynasi afgor o‘lubdur.
Паспорт нот
Страницы с. 88–92
Записал ноты Yunus Rajabiy
Ufari Savti Chorgoh
Muqimiy
Rost qaddingdek jahon bog‘ida sarv ozod kim, Ham bu qotil ko‘zlaringdek qon to‘kar jallod kam.
Vah na beparvo falak sho‘xi sitamgardurki sen, Bo‘lmagan vayron aningdin xotiri obod kam.
Ofati jon zulfi rayhon, anbarin xolu xati, Yuzlari gul, sochi sunbul, qomati shamshod kam.
Fitnaju, tundu tag‘ofilpesha xo‘blar ko‘z vale, Sen kabi beboku zolim, sangdil, po‘lod kam.
Odamidin bir o‘zingdek navjuvon bor o‘lg‘onin, Ushbu gulshan ichra piri dahr bermay yod kam.
Xoma sindurdi, chekalmay surating tasvirini, Singan erdi shuncha suratlar chekib Behzod kam.
Nargising javrin Muqimiyga ko‘rib rahm aylamish, Charx aylar necha kundur men dedim bedod kam.

Открыто с места, где вы остановились С начала
Ассалому алайкум!
Я Архивчи, помощник архива MerosLegacy. Нужен кюй, ноты, текст песни, мастер или запись? Напишите: найду, помогу скачать ноты и послушать.
×
Архивчи Помощник архива — спросите
Ответы готовит искусственный интеллект на основе данных архива.