Musical piece

Savti Kalon

Савти Калон

How to cite in academic work

If you use MerosLegacy in a term paper, thesis, dissertation or article, cite the source like this. The access date is today.

GOSTused in Uzbekistan and the CIS

Savti Kalon : Buxoro shashmaqomi, Rost, Nasr, 2 Guruh shobasi // MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive : [website]. – URL: https://meroslegacy.uz/en/kuy/savti-kalon/ (accessed: 23.11.2026). Score source: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, II jild — Rost · pp. 105–107.

APAfor international journals

MerosLegacy. (n.d.). Savti Kalon : Buxoro shashmaqomi, Rost, Nasr, 2 Guruh shobasi. MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/en/kuy/savti-kalon/

Score (PDF)

Read the score here or download it

Score passport
Pages
pp. 105–107
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Savti Kalon
Uvaysiy

Xirom aylar guliston ichra u mastona-mastona,Tabassumdin namoyon aylabon durdona-durdona.

Tomosho chog‘ida mone’durur ko‘zdan yurak qoni,Bu hasratdin to‘kar mardumlarim marjona-marjona.

Mayi gulrang aro dur jilvagar ruxsori, ey soqiy,Tavaqquf aylama sung‘il yana paymona-paymona.

O‘shal sho‘xi sitamgarni bo‘lurmu oshno deb hech,Raqiba iltifot aylar, manga begona-begona.

Qayu bir tun aro ruxsori jonona nazar solgach,Bu ko‘z oyinasi husningg‘adur hayrona-hayrona.

Uvaysiydur rafiqi dardu hijrona munis,G‘ami dildor birlan doimo hamxona-hamxona.

Audio recording

Listen online or save

Parts

1

Tslqinchai Savti Kalon

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 107–110
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Tslqinchai Savti Kalon
Mashrab

Ey, mening nozik nihol oromijonim, qaydasan?Bu ko‘ngul bo‘stonida g‘uncha dahonim, qaydasan?

Necha kundur bu ko‘ngul mushtoqi diydoring erur,O‘rgulay, ey dilbari shirin zabonim, qaydasan?

Ayrilib men yordin, bir necha kun bo‘ldim judo,Axtarib keldim seni, oromi jonim qaydasan?

Holimiz behad yomondur, kelmading holim so‘rab,Ey, mening xush mehribon, ruhi ravonim qaydasan?

Ko‘zlarim ko‘rmas bo‘lib qoldi bu g‘am sahrosida,Hasratingda chiqdi bu ohu fig‘onim, qaydasan?

Tashna labdur Mashrabo, chunki yurak-bag‘ri kabob,Furqatingda, ey mening ohu fig‘onim, qaydasan?

Audio recording

2

Qashqarchai Savti Kalon

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 110–112
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Qashqarchai Savti Kalon
Avaz

Nozaninim, ne ajab har dam manga noz aylasa,Toki bu ishdin mani ishq ichra mumtoz aylasa.

Lab takallumg‘a ochib men toparman toza jon,Jumlayi ushshoqig‘a jon bermak og‘oz aylasa.

Zuxra ko‘k uzra urar raqqos soz olg‘on hamon,La’li shirini agar lahni falaktoz aylasa.

Bo‘lg‘usi albatta domi ishq birla poyband,Jon qushi, gar yor ko‘yi sori pardoz aylasa.

Xotiri oshuftadurkim ayb qilmang, do‘stlar,Gar Avaz shoh xizmatini ushbu yil oz aylasa.

Audio recording

3

Soqiynomai Savti Kalon

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 112–114
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Soqiynomai Savti Kalon
Bobur

Keltursa yuz baloni o‘shal bevafo manga,Kelsun agar yuzumni evursam, balo manga.

Netgaymen ul rafiq bilakim, qilur base,Mehru vafo raqibg‘a, jabru jafo manga.

Begona bo‘lsa aql meni telbadin, ne tong,Chun bo‘ldi ul pari sifatim oshno manga.

Ohu yoshimdin ortadurur za’f, ey tabib,Bildim yarashmas emdi bu obu havo manga.

Dardim ko‘rub muoljada zoye’ etma umrKim jonda dardi ishq durur bedavo manga.

To yori kimni istaru ko‘nglina kim yoqar,Tashvish bejihatdurur oxir sango, manga.

Audio recording

4

Ufori Savti Kalon

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 114–118
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Ufori Savti Kalon
Bobur

Kim ko‘rur xurshidni ul moh siymo bo‘lmasa,Kim so‘rur shakkarni ul la’li shakarho bo‘lmasa.

Gul tikandur ko‘zlarimga ul yuzi guldin yiroq,Sarvi o‘qtur bag‘rima, ul sarvi bolo bo‘lmasa.

Jannatul-ma’voni, ey zohid, netay men zorkim,Istaram kuyidin o‘zga, manga ma’vo bo‘lmasa.

Tiymag‘il devona ko‘nglimni ki rasvo bo‘lma debOshiq o‘lg‘aymu edi ul telba rasvo bo‘lmasa

Gar boshingni kessalar ishqida, ey Bobur, seningYordin ko‘nglung kerak kim o‘zga qat’o bo‘lmasa.

Audio recording

Assalomu alaykum! I'm Arxivchi, the MerosLegacy archive assistant. Looking for a piece, a score, lyrics, a master or a recording? Write to me: I'll find it and help you download or listen.