Musiqiy namuna

Savti Kalon

Савти Калон

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Savti Kalon : Buxoro shashmaqomi, Rost, Nasr, 2 Guruh shobasi // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/kuy/savti-kalon/ (murojaat sanasi: 23.11.2026). Nota manbasi: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, II jild — Rost · 105–107-betlar.

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Savti Kalon : Buxoro shashmaqomi, Rost, Nasr, 2 Guruh shobasi. MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/kuy/savti-kalon/

Musiqiy nota (PDF)

Nota yozuvini shu yerda o'qing yoki yuklab oling

Nota pasporti
Sahifalar
105–107-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Savti Kalon
Uvaysiy

Xirom aylar guliston ichra u mastona-mastona,Tabassumdin namoyon aylabon durdona-durdona.

Tomosho chog‘ida mone’durur ko‘zdan yurak qoni,Bu hasratdin to‘kar mardumlarim marjona-marjona.

Mayi gulrang aro dur jilvagar ruxsori, ey soqiy,Tavaqquf aylama sung‘il yana paymona-paymona.

O‘shal sho‘xi sitamgarni bo‘lurmu oshno deb hech,Raqiba iltifot aylar, manga begona-begona.

Qayu bir tun aro ruxsori jonona nazar solgach,Bu ko‘z oyinasi husningg‘adur hayrona-hayrona.

Uvaysiydur rafiqi dardu hijrona munis,G‘ami dildor birlan doimo hamxona-hamxona.

Audio ijro

Taronani onlayn tinglang yoki saqlab oling

Shaxobchalari

1

Tslqinchai Savti Kalon

Nota pasporti
Sahifalar
107–110-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Tslqinchai Savti Kalon
Mashrab

Ey, mening nozik nihol oromijonim, qaydasan?Bu ko‘ngul bo‘stonida g‘uncha dahonim, qaydasan?

Necha kundur bu ko‘ngul mushtoqi diydoring erur,O‘rgulay, ey dilbari shirin zabonim, qaydasan?

Ayrilib men yordin, bir necha kun bo‘ldim judo,Axtarib keldim seni, oromi jonim qaydasan?

Holimiz behad yomondur, kelmading holim so‘rab,Ey, mening xush mehribon, ruhi ravonim qaydasan?

Ko‘zlarim ko‘rmas bo‘lib qoldi bu g‘am sahrosida,Hasratingda chiqdi bu ohu fig‘onim, qaydasan?

Tashna labdur Mashrabo, chunki yurak-bag‘ri kabob,Furqatingda, ey mening ohu fig‘onim, qaydasan?

Audio ijro

2

Qashqarchai Savti Kalon

Nota pasporti
Sahifalar
110–112-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Qashqarchai Savti Kalon
Avaz

Nozaninim, ne ajab har dam manga noz aylasa,Toki bu ishdin mani ishq ichra mumtoz aylasa.

Lab takallumg‘a ochib men toparman toza jon,Jumlayi ushshoqig‘a jon bermak og‘oz aylasa.

Zuxra ko‘k uzra urar raqqos soz olg‘on hamon,La’li shirini agar lahni falaktoz aylasa.

Bo‘lg‘usi albatta domi ishq birla poyband,Jon qushi, gar yor ko‘yi sori pardoz aylasa.

Xotiri oshuftadurkim ayb qilmang, do‘stlar,Gar Avaz shoh xizmatini ushbu yil oz aylasa.

Audio ijro

3

Soqiynomai Savti Kalon

Nota pasporti
Sahifalar
112–114-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Soqiynomai Savti Kalon
Bobur

Keltursa yuz baloni o‘shal bevafo manga,Kelsun agar yuzumni evursam, balo manga.

Netgaymen ul rafiq bilakim, qilur base,Mehru vafo raqibg‘a, jabru jafo manga.

Begona bo‘lsa aql meni telbadin, ne tong,Chun bo‘ldi ul pari sifatim oshno manga.

Ohu yoshimdin ortadurur za’f, ey tabib,Bildim yarashmas emdi bu obu havo manga.

Dardim ko‘rub muoljada zoye’ etma umrKim jonda dardi ishq durur bedavo manga.

To yori kimni istaru ko‘nglina kim yoqar,Tashvish bejihatdurur oxir sango, manga.

Audio ijro

4

Ufori Savti Kalon

Nota pasporti
Sahifalar
114–118-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Ufori Savti Kalon
Bobur

Kim ko‘rur xurshidni ul moh siymo bo‘lmasa,Kim so‘rur shakkarni ul la’li shakarho bo‘lmasa.

Gul tikandur ko‘zlarimga ul yuzi guldin yiroq,Sarvi o‘qtur bag‘rima, ul sarvi bolo bo‘lmasa.

Jannatul-ma’voni, ey zohid, netay men zorkim,Istaram kuyidin o‘zga, manga ma’vo bo‘lmasa.

Tiymag‘il devona ko‘nglimni ki rasvo bo‘lma debOshiq o‘lg‘aymu edi ul telba rasvo bo‘lmasa

Gar boshingni kessalar ishqida, ey Bobur, seningYordin ko‘nglung kerak kim o‘zga qat’o bo‘lmasa.

Audio ijro

Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.