Back
Musical piece
Savti Sabo
Савти Сабо
How to cite in academic work
×
If you use MerosLegacy in a term paper, thesis, dissertation or article, cite the source like this. The access date is today.
GOST used in Uzbekistan and the CIS
Savti Sabo : Buxoro shashmaqomi, Rost, Nasr, 2 Guruh shobasi // MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive : [website]. – URL: https://meroslegacy.uz/en/kuy/savti-sabo/ (accessed: 23.11.2026). Score source: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, II jild — Rost · pp. 92–94.
Copy
APA for international journals
MerosLegacy. (n.d.). Savti Sabo : Buxoro shashmaqomi, Rost, Nasr, 2 Guruh shobasi . MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/en/kuy/savti-sabo/
Copy
Score (PDF)
Read the score here or download it
Score passport
Pages pp. 92–94
Transcribed by Yunus Rajabiy
Savti Sabo
Sakkokiy
Qaro ko‘z birla bir g‘amza qilib yuz ming jafo qilma, Karashma birla olamni meningtek mubtalo qilma.
Mening bu xasta jonimg‘a sening darding erur marham, Qiyomatqa teki hargiz bu dardimg‘a davo qilma.
Meni, ey oy, qo‘rqamen qilib dunyoda sargashta, Eshiking tuprog‘in ko‘zga topilmas to‘tiyo qilma.
Oxir begona teb giryon eshigindin quvar bo‘lsang, Kular yuz ko‘rguzub avval kishini oshno qilma.
Bag‘ir qon aylading javru jafolar birla, sultonim, Ko‘zum yoshi bila hardam yuzumda mojaro qilma.
Ey Sakkokiy, bu shah qobqin g‘animat tut, chu zulfig‘a Ozoqin bog‘lagan qushsen, ucharg‘a hech havo qilma.
Parts
Score passport
Pages pp. 95–98
Transcribed by Yunus Rajabiy
Talqinchai Savti Sabo
Ogahiy
Ne ajab, shikasta ko‘ngul ishi tunu kun fig‘on ila noladur, Ki na g‘am toshiki falak otar anga lahza-lahza havoladur.
Dema ul pari yuzini qilibdur ihota halqai zulfikim, Falaki latofat uzo oning birisi qamar biri xoladur.
Yuzum uzra xatti sirishkidin g‘ami ishqim elga ayon o‘lur, Negakim bu ma’niyi mubham, ul muni sharh etarg‘a risoladur.
G‘ami ishqida haqir anglama dudi ohim ila qon yoshim, Biri yer yuzi uza g‘ozayu biri ko‘k boshig‘a kuloladur.
Bu na savlatu bu na dabdaba, bu na shavkatu bu na kavkaba, Ki rahil, ko‘sini tongla ushbu zamona otinga choladur.
Netong, Ogahiy, nazar aylamas esa bog‘ sari nigorning Sochi sunbulu ko‘zi nargisu labi g‘unchayu yuzi loladur.
Score passport
Pages pp. 98–100
Transcribed by Yunus Rajabiy
Qashqarchai Savti Sabo
Fuzuliy
G‘amzasin sevding, ko‘ngul, joning kerakmasmu sango? Tiyg‘a urding, jismi uryoning kerakmazmu sango?
Otashin ohim-la aylarsan mango taklifi bog‘, Bog‘bon, gulbargi xandoning kerakmasmu sango?
Yela verma dog‘idub har dam oyoqlardan go‘tur, Ey pari, zulfi parishoning kerakmasmu sango?
Ey kamon abro‘, raqiba verma g‘amzangdan nasib, O‘q otarsan tosha, paykoning kerakmazmu sango?
Yondurub jonim, jahonso‘z etma barqi ohimi, Osmon, xurshidi raxshoning kerakmasmu sango?
Tut alimkim, ashk selobina yo‘qdir e’tibor, Ey Fuzuliy, chashmi giryoning kerakmazmu sango?
Score passport
Pages pp. 100–102
Transcribed by Yunus Rajabiy
Soqiynomai Savti Sabo
Navoiy
Bizning shaydo ko‘ngul bechora bo‘lmish, Malomat dashtida avvora bo‘lmish.
Anga baskim yog‘ar tosh ustida tosh, Tanida yora uzra yora bo‘lmish.
Urarda dam-badam xorog‘a boshin, So‘ngaklar anda pora-pora bo‘lmish.
Balo tog‘i aro yotqanda bemor, Hirad sinjobi xoru xora bo‘lmish.
Qaro qildi nachunkim ro‘zg‘orim, Oning ham ro‘zg‘ori qora bo‘lmish.
Qadah xurshidi qonikim, g‘amidin Sirishkim kavkabi sayora bo‘lmish.
Navoiy, choradin ko‘p dema so‘zkim, G‘amimg‘a chorasizlik chora bo‘lmish.
Score passport
Pages pp. 102–104
Transcribed by Yunus Rajabiy
Ufari Savti Sabo
Mashrab
Bir boqishingga jumlai jonona tasadduq, Shahlo ko‘zingga oqilu devona tasadduq.
Gar pardani ochsayu dilbar manga boqsa, Mash’al yuziga men kabi parvona tasadduq.
Joningni agar ber desa ul dilbari ra’no, Jonim berayin yo‘lida mardona, tasadduq.
Mijgon o‘qiga qilsa bu jonimni nishona, Ko‘ksum berayin yo‘lida hayrona, tasadduq.
Gulgun kiyibon chiqsa o‘shal dilbaro ra’no, Majnun bo‘lubon o‘rgulayin, yona tasadduq.
Mashrab sari zulfing tarasa rashki kelodur, Zulfung toridin bodi sabo shona, tasadduq.

Resumed where you left off From the start
Assalomu alaykum!
I'm Arxivchi, the MerosLegacy archive assistant. Looking for a piece, a score, lyrics, a master or a recording? Write to me: I'll find it and help you download or listen.
×
Arxivchi Archive assistant — ask me
Answers are prepared by AI from the archive's data.