Musiqiy namuna

Savti Sabo

Савти Сабо

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Savti Sabo : Buxoro shashmaqomi, Rost, Nasr, 2 Guruh shobasi // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/kuy/savti-sabo/ (murojaat sanasi: 23.11.2026). Nota manbasi: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, II jild — Rost · 92–94-betlar.

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Savti Sabo : Buxoro shashmaqomi, Rost, Nasr, 2 Guruh shobasi. MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/kuy/savti-sabo/

Musiqiy nota (PDF)

Nota yozuvini shu yerda o'qing yoki yuklab oling

Nota pasporti
Sahifalar
92–94-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Savti Sabo
Sakkokiy

Qaro ko‘z birla bir g‘amza qilib yuz ming jafo qilma,Karashma birla olamni meningtek mubtalo qilma.

Mening bu xasta jonimg‘a sening darding erur marham,Qiyomatqa teki hargiz bu dardimg‘a davo qilma.

Meni, ey oy, qo‘rqamen qilib dunyoda sargashta,Eshiking tuprog‘in ko‘zga topilmas to‘tiyo qilma.

Oxir begona teb giryon eshigindin quvar bo‘lsang,Kular yuz ko‘rguzub avval kishini oshno qilma.

Bag‘ir qon aylading javru jafolar birla, sultonim,Ko‘zum yoshi bila hardam yuzumda mojaro qilma.

Ey Sakkokiy, bu shah qobqin g‘animat tut, chu zulfig‘aOzoqin bog‘lagan qushsen, ucharg‘a hech havo qilma.

Shaxobchalari

1

Talqinchai Savti Sabo

Nota pasporti
Sahifalar
95–98-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Talqinchai Savti Sabo
Ogahiy

Ne ajab, shikasta ko‘ngul ishi tunu kun fig‘on ila noladur,Ki na g‘am toshiki falak otar anga lahza-lahza havoladur.

Dema ul pari yuzini qilibdur ihota halqai zulfikim,Falaki latofat uzo oning birisi qamar biri xoladur.

Yuzum uzra xatti sirishkidin g‘ami ishqim elga ayon o‘lur,Negakim bu ma’niyi mubham, ul muni sharh etarg‘a risoladur.

G‘ami ishqida haqir anglama dudi ohim ila qon yoshim,Biri yer yuzi uza g‘ozayu biri ko‘k boshig‘a kuloladur.

Bu na savlatu bu na dabdaba, bu na shavkatu bu na kavkaba,Ki rahil, ko‘sini tongla ushbu zamona otinga choladur.

Netong, Ogahiy, nazar aylamas esa bog‘ sari nigorningSochi sunbulu ko‘zi nargisu labi g‘unchayu yuzi loladur.

2

Qashqarchai Savti Sabo

Nota pasporti
Sahifalar
98–100-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Qashqarchai Savti Sabo
Fuzuliy

G‘amzasin sevding, ko‘ngul, joning kerakmasmu sango?Tiyg‘a urding, jismi uryoning kerakmazmu sango?

Otashin ohim-la aylarsan mango taklifi bog‘,Bog‘bon, gulbargi xandoning kerakmasmu sango?

Yela verma dog‘idub har dam oyoqlardan go‘tur,Ey pari, zulfi parishoning kerakmasmu sango?

Ey kamon abro‘, raqiba verma g‘amzangdan nasib,O‘q otarsan tosha, paykoning kerakmazmu sango?

Yondurub jonim, jahonso‘z etma barqi ohimi,Osmon, xurshidi raxshoning kerakmasmu sango?

Tut alimkim, ashk selobina yo‘qdir e’tibor,Ey Fuzuliy, chashmi giryoning kerakmazmu sango?

3

Soqiynomai Savti Sabo

Nota pasporti
Sahifalar
100–102-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Soqiynomai Savti Sabo
Navoiy

Bizning shaydo ko‘ngul bechora bo‘lmish,Malomat dashtida avvora bo‘lmish.

Anga baskim yog‘ar tosh ustida tosh,Tanida yora uzra yora bo‘lmish.

Urarda dam-badam xorog‘a boshin,So‘ngaklar anda pora-pora bo‘lmish.

Balo tog‘i aro yotqanda bemor,Hirad sinjobi xoru xora bo‘lmish.

Qaro qildi nachunkim ro‘zg‘orim,Oning ham ro‘zg‘ori qora bo‘lmish.

Qadah xurshidi qonikim, g‘amidinSirishkim kavkabi sayora bo‘lmish.

Navoiy, choradin ko‘p dema so‘zkim,G‘amimg‘a chorasizlik chora bo‘lmish.

4

Ufari Savti Sabo

Nota pasporti
Sahifalar
102–104-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Ufari Savti Sabo
Mashrab

Bir boqishingga jumlai jonona tasadduq,Shahlo ko‘zingga oqilu devona tasadduq.

Gar pardani ochsayu dilbar manga boqsa,Mash’al yuziga men kabi parvona tasadduq.

Joningni agar ber desa ul dilbari ra’no,Jonim berayin yo‘lida mardona, tasadduq.

Mijgon o‘qiga qilsa bu jonimni nishona,Ko‘ksum berayin yo‘lida hayrona, tasadduq.

Gulgun kiyibon chiqsa o‘shal dilbaro ra’no,Majnun bo‘lubon o‘rgulayin, yona tasadduq.

Mashrab sari zulfing tarasa rashki kelodur,Zulfung toridin bodi sabo shona, tasadduq.

Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.