Musical piece

Savti Sarvinoz

Савти Сарвиноз

How to cite in academic work

If you use MerosLegacy in a term paper, thesis, dissertation or article, cite the source like this. The access date is today.

GOSTused in Uzbekistan and the CIS

Savti Sarvinoz : Buxoro shashmaqomi, Buzruk, Nasr, 2 Guruh shobasi // MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive : [website]. – URL: https://meroslegacy.uz/en/kuy/savti-sarvinoz/ (accessed: 23.11.2026). Score source: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, I jild — Buzruk · pp. 114–119.

APAfor international journals

MerosLegacy. (n.d.). Savti Sarvinoz : Buxoro shashmaqomi, Buzruk, Nasr, 2 Guruh shobasi. MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/en/kuy/savti-sarvinoz/

Score (PDF)

Read the score here or download it

Score passport
Pages
pp. 114–119
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Savti Sarvinoz
Nodira

Go‘zal yorimga, ey bodi sabo, yetkur salomimni,Kim eltar sendin o‘zga yor ko‘yiga payomimni?

Ko‘ngul dardini taqririg‘a qiylu qol emas hojat,Tafakkur birla ravshan ayla mazmuni kalomimni.

Ko‘ngul komini shirin istadim jomi visolidin,Fig‘onkim, charx hijron zahridin talx etdi komimni.

Vafo shahbozidurmen, gar meni sayd etmak istarsan,Muhabbat rishtasidin qilg‘osen, zinhor, domimni.

Muridi ishqi olamso‘zman, ushshoq bazmidaNavoiy nolai naydek baland etdi maqomimni.

Chamanda gul tamosho aylabon sarvi ravon ko‘rsam,Qilurman yodi sultoni Iskandar ihtishomimni.

G‘araz himmatlarimdin yor vasli iqtizosidur,Tilarmen vaslini, yo Rab, ziyod et ehtimomimni.

Saodat xonadoni, shoh(i) Bobir nasli pokiman,Xudoyo, rahmat ayla barcha ajdodi izomimni.

Javobi shox bayti Nodira ul nodiri davron,Tegib sangi ajal, sindirdi miyno birla jomimni.

Audio recording

Listen online or save

Parts

1

Talqinchai Savti Sarvinoz

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 119–125
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Talqinchai Savti Sarvinoz
Ogahiy

Ne jafoki yig‘lasam olida meni xasta arzi niyoz etib,Sitam ustiga qiladur sitam necha qatla noz uza noz etib.

Na uzoq yo‘l ekan, ey pari, g‘ami furqating meni zorg‘aKi visolingga yeta olmadim, necha umrlar taku toz etib.

Karaming manga erur asru oz, sitaming manga erur asru ko‘pKelu maqsadimga etur meni, bu ozu ko‘pping ko‘pu oz etib.

G‘ami dahridin dili zorim usru xazinu tangu malul erur,Yetur inbisot anga mutribo, olib ilkka tanbura soz etib.

Nega, zohido, tarabimni man’ etasen, vara’ so‘zini debon,Qani hosilingni degil manga, necha umr mayli namoz etib.

Na murod esa topilur sanga tilasang ko‘ngul harami aro,Nega chekasen alamu ano taku po‘yi rohi Hijoz etib?

Desang o‘lmasun yoshurun so‘zim agar ushbu olam ichida fosh,Dema hargiz olida siring ahli basharni mahrami roz etib.

Yetar, Ogahiy, talabig‘a kimki rahi haqiqat aro kirar,Kelu sa’y ila qadam ur bu yo‘l aro tarki azmi majoz etib.

Audio recording

2

Qashqarchai Savti Sarvinoz

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 125–129
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Qashqarchai Savti Sarvinoz
Lutfiy

Bir parivash g‘amzasi aqlimni majnun ayladi,Ko‘z yumub ochguncha holimni digargun ayladi.

Subhidam kundek chiqib ko‘rguzgach ul qutlug‘ yuzin,Toleim mas’udu baxtimni humoyun ayladi.

Ko‘p yugurmaktin kiyik ko‘zi qarordi sahm yeb,Ko‘ nechuk g‘amzang o‘qi oni jigarxun ayladi.

Intizorli yo‘li ustida qo‘yub ketdi ko‘zing,Bizni ul Layli sifatlik misli Majnun ayladi

Sihr elidin voqif erdi hinduyi Kashmir, bas,Bu ajabkim: turk ekach, ul ko‘z yuz afsun ayladi.

Labba-lab vaslin tilab, topmon kanorin nechakimKo‘zlarim ol yoshini hasratda Jayxun ayladi.

Bir kun ul husn elining sultoni tutkay deb quloqIshq Lutfiyning so‘zini durri maknun ayladi.

Audio recording

3

Soqiynomai Savti Sarvinoz

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 129–132
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Soqiynomai Savti Sarvinoz
Munis

Uzoringda nure ayondur-ayon,Ki andin kunu oy nishondur-nishon.

Balo o‘qlarin otg‘ali jonimaIkki egma qoshing kamondur-kamon.

Raqibingdin o‘lmas ayon yaxshilik,Ki qavliyu fe’li yomondur-yomon.

Hayotimga zikri labingdur sabab,Yo‘q ersa tiriklik gumondur-gumon.

Manga sud erur, sudi ishqing g‘ami,Aning harna g‘ayri ziyondur-ziyon.

Erursen gahi ko‘z, gahi jon aro,Sanga bu ikki yer makondur-makon.

Jigar birla ko‘nglum qilib qon g‘aming,Ikki ko‘z yo‘lidin ravondur-ravon.

Netong chiqmasa Munis ul ko‘ydin,Ki ul anda g‘amdin amondur-amon.

Audio recording

4

Ufari Savti Sarvinoz

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 132–136
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Ufari Savti Sarvinoz
Munis

Davlating boridadurlar barcha olam oshno,Qaytgach davlat, jahonda topilur kam oshno.

O‘yla bekaslik meni mahzunga topmish dastkim,Bir kishi yo‘qdur manga, juz kulfatu g‘am oshno.

Baski davron xohishi begonalig‘ solmoqdadur,Bir-biriga bo‘la olmas ikki hamdam oshno.

Kimki bo‘ldi oshno, yot ayladi begonalig‘,Topmadim bu davr aro bir ahdi mahkam oshno.

Gar vafo bo‘lsa, parida bo‘lg‘ay erdi, ko‘rmadim,Bo‘ldilar har nechakim avlodi odam oshno.

Hajr ranjidin o‘larga yetmishamkim, ko‘rsalarHolima tutgay azo begona, motam oshno.

Ishq aro ul nav’ erur vahshat meni majnungakim,O‘zgani demay bo‘la olmas ko‘ngul ham oshno.

Muniso, davron g‘ami begona bo‘lsa tong emas,Kim sanga bo‘lmish biyik donishvar Akram oshno.

Audio recording

Assalomu alaykum! I'm Arxivchi, the MerosLegacy archive assistant. Looking for a piece, a score, lyrics, a master or a recording? Write to me: I'll find it and help you download or listen.