Назад
Музыкальный образец
Savti Sarvinoz
Савти Сарвиноз
Как сослаться в научной работе
×
Если вы используете MerosLegacy в курсовой, дипломе, диссертации или статье, укажите источник так. Дата обращения — сегодняшняя.
GOST для вузов Узбекистана и СНГ
Savti Sarvinoz : Buxoro shashmaqomi, Buzruk, Nasr, 2 Guruh shobasi // MerosLegacy — архив узбекского макомного наследия : [сайт]. – URL: https://meroslegacy.uz/ru/kuy/savti-sarvinoz/ (дата обращения: 23.11.2026). Источник нот: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, I jild — Buzruk · с. 114–119.
Копировать
APA для международных статей
MerosLegacy. (n.d.). Savti Sarvinoz : Buxoro shashmaqomi, Buzruk, Nasr, 2 Guruh shobasi . MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/ru/kuy/savti-sarvinoz/
Копировать
Ноты (PDF)
Читайте ноты прямо здесь или скачайте
Паспорт нот
Страницы с. 114–119
Записал ноты Yunus Rajabiy
Savti Sarvinoz
Nodira
Go‘zal yorimga, ey bodi sabo, yetkur salomimni, Kim eltar sendin o‘zga yor ko‘yiga payomimni?
Ko‘ngul dardini taqririg‘a qiylu qol emas hojat, Tafakkur birla ravshan ayla mazmuni kalomimni.
Ko‘ngul komini shirin istadim jomi visolidin, Fig‘onkim, charx hijron zahridin talx etdi komimni.
Vafo shahbozidurmen, gar meni sayd etmak istarsan, Muhabbat rishtasidin qilg‘osen, zinhor, domimni.
Muridi ishqi olamso‘zman, ushshoq bazmida Navoiy nolai naydek baland etdi maqomimni.
Chamanda gul tamosho aylabon sarvi ravon ko‘rsam, Qilurman yodi sultoni Iskandar ihtishomimni.
G‘araz himmatlarimdin yor vasli iqtizosidur, Tilarmen vaslini, yo Rab, ziyod et ehtimomimni.
Saodat xonadoni, shoh(i) Bobir nasli pokiman, Xudoyo, rahmat ayla barcha ajdodi izomimni.
Javobi shox bayti Nodira ul nodiri davron, Tegib sangi ajal, sindirdi miyno birla jomimni.
Аудиозапись
Слушайте онлайн или сохраните
Части
1
Talqinchai Savti Sarvinoz
Паспорт нот
Страницы с. 119–125
Записал ноты Yunus Rajabiy
Talqinchai Savti Sarvinoz
Ogahiy
Ne jafoki yig‘lasam olida meni xasta arzi niyoz etib, Sitam ustiga qiladur sitam necha qatla noz uza noz etib.
Na uzoq yo‘l ekan, ey pari, g‘ami furqating meni zorg‘a Ki visolingga yeta olmadim, necha umrlar taku toz etib.
Karaming manga erur asru oz, sitaming manga erur asru ko‘p Kelu maqsadimga etur meni, bu ozu ko‘pping ko‘pu oz etib.
G‘ami dahridin dili zorim usru xazinu tangu malul erur, Yetur inbisot anga mutribo, olib ilkka tanbura soz etib.
Nega, zohido, tarabimni man’ etasen, vara’ so‘zini debon, Qani hosilingni degil manga, necha umr mayli namoz etib.
Na murod esa topilur sanga tilasang ko‘ngul harami aro, Nega chekasen alamu ano taku po‘yi rohi Hijoz etib?
Desang o‘lmasun yoshurun so‘zim agar ushbu olam ichida fosh, Dema hargiz olida siring ahli basharni mahrami roz etib.
Yetar, Ogahiy, talabig‘a kimki rahi haqiqat aro kirar, Kelu sa’y ila qadam ur bu yo‘l aro tarki azmi majoz etib.
2
Qashqarchai Savti Sarvinoz
Паспорт нот
Страницы с. 125–129
Записал ноты Yunus Rajabiy
Qashqarchai Savti Sarvinoz
Lutfiy
Bir parivash g‘amzasi aqlimni majnun ayladi, Ko‘z yumub ochguncha holimni digargun ayladi.
Subhidam kundek chiqib ko‘rguzgach ul qutlug‘ yuzin, Toleim mas’udu baxtimni humoyun ayladi.
Ko‘p yugurmaktin kiyik ko‘zi qarordi sahm yeb, Ko‘ nechuk g‘amzang o‘qi oni jigarxun ayladi.
Intizorli yo‘li ustida qo‘yub ketdi ko‘zing, Bizni ul Layli sifatlik misli Majnun ayladi
Sihr elidin voqif erdi hinduyi Kashmir, bas, Bu ajabkim: turk ekach, ul ko‘z yuz afsun ayladi.
Labba-lab vaslin tilab, topmon kanorin nechakim Ko‘zlarim ol yoshini hasratda Jayxun ayladi.
Bir kun ul husn elining sultoni tutkay deb quloq Ishq Lutfiyning so‘zini durri maknun ayladi.
3
Soqiynomai Savti Sarvinoz
Паспорт нот
Страницы с. 129–132
Записал ноты Yunus Rajabiy
Soqiynomai Savti Sarvinoz
Munis
Uzoringda nure ayondur-ayon, Ki andin kunu oy nishondur-nishon.
Balo o‘qlarin otg‘ali jonima Ikki egma qoshing kamondur-kamon.
Raqibingdin o‘lmas ayon yaxshilik, Ki qavliyu fe’li yomondur-yomon.
Hayotimga zikri labingdur sabab, Yo‘q ersa tiriklik gumondur-gumon.
Manga sud erur, sudi ishqing g‘ami, Aning harna g‘ayri ziyondur-ziyon.
Erursen gahi ko‘z, gahi jon aro, Sanga bu ikki yer makondur-makon.
Jigar birla ko‘nglum qilib qon g‘aming, Ikki ko‘z yo‘lidin ravondur-ravon.
Netong chiqmasa Munis ul ko‘ydin, Ki ul anda g‘amdin amondur-amon.
Паспорт нот
Страницы с. 132–136
Записал ноты Yunus Rajabiy
Ufari Savti Sarvinoz
Munis
Davlating boridadurlar barcha olam oshno, Qaytgach davlat, jahonda topilur kam oshno.
O‘yla bekaslik meni mahzunga topmish dastkim, Bir kishi yo‘qdur manga, juz kulfatu g‘am oshno.
Baski davron xohishi begonalig‘ solmoqdadur, Bir-biriga bo‘la olmas ikki hamdam oshno.
Kimki bo‘ldi oshno, yot ayladi begonalig‘, Topmadim bu davr aro bir ahdi mahkam oshno.
Gar vafo bo‘lsa, parida bo‘lg‘ay erdi, ko‘rmadim, Bo‘ldilar har nechakim avlodi odam oshno.
Hajr ranjidin o‘larga yetmishamkim, ko‘rsalar Holima tutgay azo begona, motam oshno.
Ishq aro ul nav’ erur vahshat meni majnungakim, O‘zgani demay bo‘la olmas ko‘ngul ham oshno.
Muniso, davron g‘ami begona bo‘lsa tong emas, Kim sanga bo‘lmish biyik donishvar Akram oshno.

Открыто с места, где вы остановились С начала