Back to masters
Abdulhoshim Ismoilov

Master

Abdulhoshim Ismoilov

Абдулҳошим Исмоилов

How to cite in academic work

If you use MerosLegacy in a term paper, thesis, dissertation or article, cite the source like this. The access date is today.

GOSTused in Uzbekistan and the CIS

Abdulhoshim Ismoilov (1952) // MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive : [website]. – URL: https://meroslegacy.uz/en/teacher/abdulhoshim-ismoilov/ (accessed: 23.11.2026).

APAfor international journals

MerosLegacy. (n.d.). Abdulhoshim Ismoilov (1952). MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/en/teacher/abdulhoshim-ismoilov/

Born June 9, 1952
Place of birth Fargʻona viloyati, Quva tumani)
Profession Maqomchi

Biography

Abdulhoshim Ismoilov (1952.9.6, Fargʻona viloyati, Quva tumani) — sozanda (gʻijjak), bastakor. Oʻzbekiston xalq artisti (1990). Toshkent konservatoriyasining sharq musiqasi kafedrasini tugatgan (1989). Oʻzbekiston teleradiokompaniyasining maqom ansamblida sozanda (1974—85), musiqa rahbari (198587), badiiy rahbar (1987-96 va 1999-yildan), "Oʻzbeknavo" konsert-gastrol birlashmasida sozanda (1997—99). Ijro uslubiga noziklik va mayinlik, qochirim-nolalarni, rang-barang usullarni ustalik va mohirona ishlatish xos. I. rahbarligidagi cholgʻu ansambli (A. Abdurashidov, A. Xoltojiyev va boshqalar) ijrosi orqali oʻzbek musiqasiga yangi — guruhli badiha uslubi kirib keldi. Repertuaridan yirik xalq cholgʻu kuylari ("Choʻli Iroq", "Nasrulloyi", "Navroʻzi Ajam" va boshqalar), maqom yoʻllari ("Chorgoh", "Segoh", "Dugoh") va boshqalar) keng oʻrin olgan. Bastakor sifatida oʻzining ashula, qoʻshiq va yallalari ("Boʻlmas", "Noz", "Erka bulbul", "Sen oʻzing", "Oʻzbekiston", "Toshkentim","Yorimga ayting", "Uchrashuv", "Netay", "Togʻ qizi" va boshqalar), cholgu va raqs kuylari ("Holim soʻrma", "Gullola", "Toʻyona", "Dil bayrami" va boshqalar) bilan shuhrat qozongan. Qator xorijiy mamlakatlarda oʻz ijrochilik mahoratini namoyish etgan. Maqom ijrochilarining 1-respublika tanlovi laureati (1983).[1] 3nafar farzandning otasi. 2 ogil va 1 qiz

Achievements

Assalomu alaykum! I'm Arxivchi, the MerosLegacy archive assistant. Looking for a piece, a score, lyrics, a master or a recording? Write to me: I'll find it and help you download or listen.