Ustozlar ro'yxatiga qaytish
Abdulhoshim Ismoilov

Ustoz

Abdulhoshim Ismoilov

Абдулҳошим Исмоилов

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Abdulhoshim Ismoilov (1952) // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/teacher/abdulhoshim-ismoilov/ (murojaat sanasi: 24.11.2026).

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Abdulhoshim Ismoilov (1952). MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 24, 2026, from https://meroslegacy.uz/teacher/abdulhoshim-ismoilov/

Tug'ilgan 9-Iyun, 1952-yil
Tug'ilgan joyi Fargʻona viloyati, Quva tumani)
Kasbi Maqomchi

Biografiya

Abdulhoshim Ismoilov (1952.9.6, Fargʻona viloyati, Quva tumani) — sozanda (gʻijjak), bastakor. Oʻzbekiston xalq artisti (1990). Toshkent konservatoriyasining sharq musiqasi kafedrasini tugatgan (1989). Oʻzbekiston teleradiokompaniyasining maqom ansamblida sozanda (1974—85), musiqa rahbari (198587), badiiy rahbar (1987-96 va 1999-yildan), "Oʻzbeknavo" konsert-gastrol birlashmasida sozanda (1997—99). Ijro uslubiga noziklik va mayinlik, qochirim-nolalarni, rang-barang usullarni ustalik va mohirona ishlatish xos. I. rahbarligidagi cholgʻu ansambli (A. Abdurashidov, A. Xoltojiyev va boshqalar) ijrosi orqali oʻzbek musiqasiga yangi — guruhli badiha uslubi kirib keldi. Repertuaridan yirik xalq cholgʻu kuylari ("Choʻli Iroq", "Nasrulloyi", "Navroʻzi Ajam" va boshqalar), maqom yoʻllari ("Chorgoh", "Segoh", "Dugoh") va boshqalar) keng oʻrin olgan. Bastakor sifatida oʻzining ashula, qoʻshiq va yallalari ("Boʻlmas", "Noz", "Erka bulbul", "Sen oʻzing", "Oʻzbekiston", "Toshkentim","Yorimga ayting", "Uchrashuv", "Netay", "Togʻ qizi" va boshqalar), cholgu va raqs kuylari ("Holim soʻrma", "Gullola", "Toʻyona", "Dil bayrami" va boshqalar) bilan shuhrat qozongan. Qator xorijiy mamlakatlarda oʻz ijrochilik mahoratini namoyish etgan. Maqom ijrochilarining 1-respublika tanlovi laureati (1983).[1] 3nafar farzandning otasi. 2 ogil va 1 qiz

Yutuqlari

Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.