Master
Arabov Ilyos Ismatovich
Арабов Илёс Исматович
Born
Nov. 1, 1983
Place of birth
Buxoro Viloyati
Profession
Xonanda, Sozanda
Biography
Ilyos Arabov Buxoro viloyatida tugʻilgan. 1991-yilda umumiy oʻrta taʼlim maktabida tahsil olish bilan birga 5-son bolalar musiqa maktabida dutor chalishni oʻrgangan[1]. 1998–2002-yillarda Buxoro davlat sanʼat bilim yurtining „Anʼanaviy ijrochilik“ boʻlimida tahsil olgan[2]. Shu yili Oʻzbekiston konservatoriyasiga oʻqishga kirgan va 2006-yilda bakalavr, 2008-yilda magistratura darajasini tugatgan. 2010-yildan bir qancha yillar Oʻzbekiston konservatoriyasining „Anʼanaviy ijrochilik“ kafedrasida dutor sinfiga oʻqituvchilik qilgan. Hozir Ilyos Arabov „Yunus Rajabiy“ nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutining „Maqom cholgʻu ijrochiligi“ kafedrasida kafedra mudiri, professor lavozimida faoliyat yuritmoqda[3].
Achievements
Ilyos Arabov oʻzbek milliy musiqa sanʼatini Fransiya, Germaniya, Portugaliya, Belgiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Isroil, Estoniya, Latviya, Litva, Vengrya, Gruziya, Azerbayjan, Turkiya, Hindiston, Marokko, Xitoy va Rossiyada targʻib qilgan[4]. Uning ijrosida radio va televideniya oltin fondiga kiritilgan quyidagi mashhur asarlar mavjud: „Qaro zulfing“, „Qomati“, „Qurbon oʻlam“, „Bebokcha“, „Bilmas“, „Bozurgoniy“, „Na boʻlgʻay“, „Aylab keling“, „Sallamno“, „Gul uzorim“, „Galdr-1-2“, „Oʻtdimu“, „Dilxiroj“, „Saraxbori Dugoh“, „Savti Kalon“, „Mugʻulchai Navo“.
U Sami Yusufning taklifi bilan uning 2023-yilgi konsertida Alisher Navoiy gʻazallaridan birini kuylab, chiqish qilgan[5][6].
2025-yilda Buyuk Britaniya London shahri SOAS universitetida ilk bor o'zbekistonlik ijrochi sifatida master class o'tkazgan. [2]