Ustozlar ro'yxatiga qaytish
Arabov Ilyos Ismatovich

Ustoz

Arabov Ilyos Ismatovich

Арабов Илёс Исматович

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Arabov Ilyos Ismatovich (1983) // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/teacher/arabov-ilyos-ismatovich/ (murojaat sanasi: 23.11.2026).

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Arabov Ilyos Ismatovich (1983). MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/teacher/arabov-ilyos-ismatovich/

Tug'ilgan 1-Noyabr, 1983-yil
Tug'ilgan joyi Buxoro Viloyati
Kasbi Xonanda, Sozanda

Biografiya

Ilyos Arabov Buxoro viloyatida tugʻilgan. 1991-yilda umumiy oʻrta taʼlim maktabida tahsil olish bilan birga 5-son bolalar musiqa maktabida dutor chalishni oʻrgangan[1]. 1998–2002-yillarda Buxoro davlat sanʼat bilim yurtining „Anʼanaviy ijrochilik“ boʻlimida tahsil olgan[2]. Shu yili Oʻzbekiston konservatoriyasiga oʻqishga kirgan va 2006-yilda bakalavr, 2008-yilda magistratura darajasini tugatgan. 2010-yildan bir qancha yillar Oʻzbekiston konservatoriyasining „Anʼanaviy ijrochilik“ kafedrasida dutor sinfiga oʻqituvchilik qilgan. Hozir Ilyos Arabov „Yunus Rajabiy“ nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutining „Maqom cholgʻu ijrochiligi“ kafedrasida kafedra mudiri, professor lavozimida faoliyat yuritmoqda[3].

Yutuqlari

Ilyos Arabov oʻzbek milliy musiqa sanʼatini Fransiya, Germaniya, Portugaliya, Belgiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Isroil, Estoniya, Latviya, Litva, Vengrya, Gruziya, Azerbayjan, Turkiya, Hindiston, Marokko, Xitoy va Rossiyada targʻib qilgan[4]. Uning ijrosida radio va televideniya oltin fondiga kiritilgan quyidagi mashhur asarlar mavjud: „Qaro zulfing“, „Qomati“, „Qurbon oʻlam“, „Bebokcha“, „Bilmas“, „Bozurgoniy“, „Na boʻlgʻay“, „Aylab keling“, „Sallamno“, „Gul uzorim“, „Galdr-1-2“, „Oʻtdimu“, „Dilxiroj“, „Saraxbori Dugoh“, „Savti Kalon“, „Mugʻulchai Navo“. U Sami Yusufning taklifi bilan uning 2023-yilgi konsertida Alisher Navoiy gʻazallaridan birini kuylab, chiqish qilgan[5][6]. 2025-yilda Buyuk Britaniya London shahri SOAS universitetida ilk bor o'zbekistonlik ijrochi sifatida master class o'tkazgan. [2]

Merosdagi asarlari

Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.