Back to masters
Mahmudjon Yo‘ldoshev

Master

Mahmudjon Yo‘ldoshev

Маҳмуджон Йўлдошев

How to cite in academic work

If you use MerosLegacy in a term paper, thesis, dissertation or article, cite the source like this. The access date is today.

GOSTused in Uzbekistan and the CIS

Mahmudjon Yo‘ldoshev (1953) // MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive : [website]. – URL: https://meroslegacy.uz/en/teacher/mahmudjon-yoldoshev/ (accessed: 23.11.2026).

APAfor international journals

MerosLegacy. (n.d.). Mahmudjon Yo‘ldoshev (1953). MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/en/teacher/mahmudjon-yoldoshev/

Born 1953
Profession Xonanda

Biography

Andijon viloyatining Izboskan tumanida, ishchi oilasida tugildi. Xaydar Raximov sinfida g’ijjak chalish bilan birgalikda xonandalik sirlarini ham o’rgangan. Shu davrlarda Andijonlik mashxur sozanda G’ulomjon Xojiqulov o’gitlaridan, O’zbekiston xalq hofizi Fattohhon Mamadalievdan ashula aytishning nozik sirlarini o’rgandi. Mahmudjon Yo’ldoshevni O’zbekiston xalq artisti, buyuk san'atkor G’anijonToshmatov tavsiyasi bilan maqom ansambliga ishga taklif etishdi. Bu erda ustozlar O’zbekiston xalq hofizlari O.Otaxonov, E.Lutfullaev, O.Xotamov, O’zbekiston xalq artisti K.Ismoilova, xonandalar J.Raximov, Sh.Ergashevlardan xonandalik sir asrorlarini qunt bilan o’rgandi. O’zteleradioning oltin xazinasida 100dan ortiq Mahmudjon Yo’ldoshev ijro etgan. Shulardan “Nasrulloyi”, “Nasri uzzol”, “Chapandozi Iroq”, “Mustaxzodi Navo”, “Savti Sarvinoz” kabi yirik va ijrosi murakkab bo’lgan maqom sho’balarini magnit tasmalariga yozgan. 2000 yil Mahmudjon Yo’ldoshevning barcha hizmatlari inobatga olinib Prezident farmoniga ko’ra O’zbekiston xalq hofizi unvoni bilan taqdirlandi.
Assalomu alaykum! I'm Arxivchi, the MerosLegacy archive assistant. Looking for a piece, a score, lyrics, a master or a recording? Write to me: I'll find it and help you download or listen.