Ustozlar ro'yxatiga qaytish
Mahmudjon Yo‘ldoshev

Ustoz

Mahmudjon Yo‘ldoshev

Маҳмуджон Йўлдошев

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Mahmudjon Yo‘ldoshev (1953) // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/teacher/mahmudjon-yoldoshev/ (murojaat sanasi: 23.11.2026).

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Mahmudjon Yo‘ldoshev (1953). MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/teacher/mahmudjon-yoldoshev/

Tug'ilgan 1953-yil
Kasbi Xonanda

Biografiya

Andijon viloyatining Izboskan tumanida, ishchi oilasida tugildi. Xaydar Raximov sinfida g’ijjak chalish bilan birgalikda xonandalik sirlarini ham o’rgangan. Shu davrlarda Andijonlik mashxur sozanda G’ulomjon Xojiqulov o’gitlaridan, O’zbekiston xalq hofizi Fattohhon Mamadalievdan ashula aytishning nozik sirlarini o’rgandi. Mahmudjon Yo’ldoshevni O’zbekiston xalq artisti, buyuk san'atkor G’anijonToshmatov tavsiyasi bilan maqom ansambliga ishga taklif etishdi. Bu erda ustozlar O’zbekiston xalq hofizlari O.Otaxonov, E.Lutfullaev, O.Xotamov, O’zbekiston xalq artisti K.Ismoilova, xonandalar J.Raximov, Sh.Ergashevlardan xonandalik sir asrorlarini qunt bilan o’rgandi. O’zteleradioning oltin xazinasida 100dan ortiq Mahmudjon Yo’ldoshev ijro etgan. Shulardan “Nasrulloyi”, “Nasri uzzol”, “Chapandozi Iroq”, “Mustaxzodi Navo”, “Savti Sarvinoz” kabi yirik va ijrosi murakkab bo’lgan maqom sho’balarini magnit tasmalariga yozgan. 2000 yil Mahmudjon Yo’ldoshevning barcha hizmatlari inobatga olinib Prezident farmoniga ko’ra O’zbekiston xalq hofizi unvoni bilan taqdirlandi.
Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.