Back to masters
Ma'murjon Uzoqov

Master

Ma'murjon Uzoqov

Маъмуржон Узоқов

How to cite in academic work

If you use MerosLegacy in a term paper, thesis, dissertation or article, cite the source like this. The access date is today.

GOSTused in Uzbekistan and the CIS

Ma'murjon Uzoqov (1904–1963) // MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive : [website]. – URL: https://meroslegacy.uz/en/teacher/mamurjon-uzoqov/ (accessed: 23.11.2026).

APAfor international journals

MerosLegacy. (n.d.). Ma'murjon Uzoqov (1904–1963). MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/en/teacher/mamurjon-uzoqov/

Born 1904
Died 1963
Profession Hofiz

Biography

Yoshligadan xalq ashulalariga mehr qo’ygan xonanda Mamatqul hofiz, Boltaboy Rajabov, Hamroqul Qori kabi xofizlar ta'sirida ashula aytishni boshlagan. Hasan Qoridan dutor chalish sirlarini, Jo’raxon Sultonovdan katta ashulaning murakkab yo’llarini o’rgangan. 1925 yillardan Xudoybergan hofiz Maqsimov, 1926–1932 yillarda Hasan Qori, 1933–1962 yillar Jo’raxon Sultonovlar bilan hamnafaslikda kuylagan. 1937–1939 yillarda Toshkentdagi Muqimiy nomli musiqali drama va komediya teatrida ishlagan. “Toxir va Zuxra” dramasida “Jarchi”, “Parpi hofiz” kabi turli obrazlar yaratgan. 1939–1950 yillari O’zbekiston radiosida, 1950–1952 yillari O’zbek Davlat estradasida yakkaxon xonanda sifatida ijod qilgan. Baland, shirador va o’ta ta'sirli ovoz sohibi. Uning ijro dasturidan xalq ashulalari va patnisaki ashulalar o’rin olgan. “Ul kun jonon”, “Keldim”, “Jonon kelur”, “Ko’zlaring”, “Paydo etib ket”, “Qalam qoshing”, “Aylading”, “Yolg’iz” kabi asarlar shular jumlasidandir. U bastakor Muxammadjon Mirzaev bilan juda samarali ijod qilib “Yakka bu Farg’onada”, “Sur'ating”, “Dog’man”, “Yor istab”, “Baxor”, “Qachon bo’lg’ay kim”, “Bir kelib ketsin” kabi ashulalari va mumtoz asarlardan “Feruz”, “Bayot”, “Mustaxzod” va boshqa ashulalarni maromiga etkazib kuylagan.
Assalomu alaykum! I'm Arxivchi, the MerosLegacy archive assistant. Looking for a piece, a score, lyrics, a master or a recording? Write to me: I'll find it and help you download or listen.