Ustozlar ro'yxatiga qaytish
Ma'murjon Uzoqov

Ustoz

Ma'murjon Uzoqov

Маъмуржон Узоқов

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Ma'murjon Uzoqov (1904–1963) // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/teacher/mamurjon-uzoqov/ (murojaat sanasi: 23.11.2026).

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Ma'murjon Uzoqov (1904–1963). MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/teacher/mamurjon-uzoqov/

Tug'ilgan 1904-yil
Vafot etgan 1963-yil
Kasbi Hofiz

Biografiya

Yoshligadan xalq ashulalariga mehr qo’ygan xonanda Mamatqul hofiz, Boltaboy Rajabov, Hamroqul Qori kabi xofizlar ta'sirida ashula aytishni boshlagan. Hasan Qoridan dutor chalish sirlarini, Jo’raxon Sultonovdan katta ashulaning murakkab yo’llarini o’rgangan. 1925 yillardan Xudoybergan hofiz Maqsimov, 1926–1932 yillarda Hasan Qori, 1933–1962 yillar Jo’raxon Sultonovlar bilan hamnafaslikda kuylagan. 1937–1939 yillarda Toshkentdagi Muqimiy nomli musiqali drama va komediya teatrida ishlagan. “Toxir va Zuxra” dramasida “Jarchi”, “Parpi hofiz” kabi turli obrazlar yaratgan. 1939–1950 yillari O’zbekiston radiosida, 1950–1952 yillari O’zbek Davlat estradasida yakkaxon xonanda sifatida ijod qilgan. Baland, shirador va o’ta ta'sirli ovoz sohibi. Uning ijro dasturidan xalq ashulalari va patnisaki ashulalar o’rin olgan. “Ul kun jonon”, “Keldim”, “Jonon kelur”, “Ko’zlaring”, “Paydo etib ket”, “Qalam qoshing”, “Aylading”, “Yolg’iz” kabi asarlar shular jumlasidandir. U bastakor Muxammadjon Mirzaev bilan juda samarali ijod qilib “Yakka bu Farg’onada”, “Sur'ating”, “Dog’man”, “Yor istab”, “Baxor”, “Qachon bo’lg’ay kim”, “Bir kelib ketsin” kabi ashulalari va mumtoz asarlardan “Feruz”, “Bayot”, “Mustaxzod” va boshqa ashulalarni maromiga etkazib kuylagan.
Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.