Musiqiy namuna
Husayniy Dugoh
Ҳусайний Дугоҳ
Musiqiy nota (PDF)
Nota yozuvini shu yerda o'qing yoki yuklab oling
- Sahifalar
- 71–75-betlar
- Notaga olgan
- Yunus Rajabiy
Latofatda yuzung ham gul emish, ham guliston ermish.Halovatda labing ham jonu, oromijon ermish.
Bu manidinki doim chun nihondur ul pari ko‘zdin,Ishi jonu ko‘ngulga o‘rtamak dog‘i nihon ermish.
Iti bag‘rimni yer chog‘da ayog‘i qong‘a bulg‘ondi,Ko‘zum bog‘ida gul oning tobonidin nishon ermish.
Chamanda har sari qildim guli rano gumon, ul xud,Sarig‘ gul jomida gulgun sirishkim birla qon ermish.
Shararlar birla ohim dudini sahroyi ishq ichra,Kishi ko‘rsa gumon qilg‘ay ming o‘tlug‘ karvon ermish.
Fano dayriki gardun husnidin mahkamdurur, bildim,Ki gardun zulmidin faqr ahlig‘a dorulamon ermish.
Navoiyni dedim, ishq ichra somoni topib erkin,Vale ko‘rdim hamon devonai bexonumon ermish.
Audio ijro
Taronani onlayn tinglang yoki saqlab oling