Musiqiy namuna
Mo'g'ulchai Navo
Мўғулчаи Наво
Musiqiy nota (PDF)
Nota yozuvini shu yerda o'qing yoki yuklab oling
- Sahifalar
- 105–107-betlar
- Notaga olgan
- Yunus Rajabiy
Masti jomi vasl etib avval meni zor aylading,Soʻng nedin hijron xumorigʻa giriftor aylading.
Sendin ummidim bu ermas erdikim, bedod ilaXotirim oshuftau koʻnglum tabaxkor aylading.
Salsabili shafqatingdin istadim sarshorligʻ,Bilgach oni qahring oʻtiga sazovovor aylading.
Yuz uyurding doʻstligʻdin, dushmani jonim boʻlub,Oqibat men zorgʻa yoʻq rasmlar bor aylading.
Vaqtdur Munisgʻa yor oʻlsang karamdinkim, aniAsru miskin qildingu gʻam xayliga yor aylading.
Audio ijro
Taronani onlayn tinglang yoki saqlab oling
Shaxobchalari
Talqinchai Mo'g'ulchai Navo
Nota (PDF)
- Sahifalar
- 107–110-betlar
- Notaga olgan
- Yunus Rajabiy
Ey, latofat subhidin tole’ ikki choʻlpon koʻzung,Gardishi davri qamarda fitnayi davron koʻzung.
Ikki yodur qoshida payvasta ming novak bila,Ne ajab har bir nazarda qilsa yuz qurbon koʻzung.
Qasdi jonim qilgʻali oynul-yaqin boʻldi mango,Andakim boqdi yiroqdin noz ila pinhon koʻzung.
Chun tikildi bu maning jonimia, olmay qoʻymagʻay,Gʻamza birla yuz meningdek jonima olgʻon koʻzung.
Har nechakim telmurib boqsa Atoyi mustahiq,Bir nazar qilmas anga tengri uchun ehson ko‘zung.
Audio ijro
Qashqarchai Mo'g'ulchai Navo
Nota (PDF)
- Sahifalar
- 110–112-betlar
- Notaga olgan
- Yunus Rajabiy
Ketdi xushum ul parivash jilva ogʻoz aylagach,Oʻrtadi jon pardasin mutrib navo soz aylagach,
Tong emas qilsa yuzi mashshotani bedastu po,Ayladi oyinani suv, chehra pardoz aylagach.
Lablari toʻkti tabassum shahdidin obi hayot,Koʻzlari yuz fitna barpo ayladi, noz aylagach.
Noz birla bogʻboni sun’i bu gulzor aro,Sabzu xurram qildi sarvingni sarafroz aylagach,
Fursati umri kiromi etganin rasvo koʻngulBildi, gʻaflat uyqusidin koʻzlarin boz aylagach.
Vomiqu Farxodu Majnundin muqaddam bildi yor,Nodira ishqini oshiqlikda mumtoz aylagach.
Audio ijro
Soqiynomai Mo'g'ulchai Navo
Nota (PDF)
- Sahifalar
- 112–114-betlar
- Notaga olgan
- Yunus Rajabiy
Manga ey shoʻx, qil lutfu inoyat,Labingdin boʻsaye, ya’ni karomat.
Qilurmen oxu, afgʻonu navolar,Yeta olmay visolingga davomat.
Bu soʻzimga qarab, jono, amal qil,Agarda boʻlsa sanda chin muhabbat.
Gunohim ne edi? De, ey parivash,Mening haqqimda qilgʻungdur adovat.
Avazkim oshiqi zoring boʻlubdur,Anga qilgʻil visol ichra muruvvat.
Audio ijro
Ufari Mo'g'ulchai Navo
Nota (PDF)
- Sahifalar
- 114–116-betlar
- Notaga olgan
- Yunus Rajabiy
Gʻam ketsa netong boshima dildor yetushgachKim, soya qochar nur bayakbor yetushgach.
Komim ne erur obi hayotu ne Masiho,Oʻlgan badanim ruh topar yor yetushgach.
Rashq oʻtiga parvonadek oʻrtar meni gʻayrat,Ul sham’ ruh atrofigʻa agʻyor yetushgach.
Jonimniki davron gʻami olgʻusidur, etsam,Ey qosh, fido yori sitamkor yetushgach.
Oyo na tarab yuz berur ul yori xazingʻa,Kim ya’s chogʻi boshigʻa dildor yetushgach.
Izhori hunar aylama har siflagʻa, ammo,Yoshurma matoingni xaridor yetushgach.
Munis fuqaro suhbatidur robitai fayz,Gʻulshan boʻlur ul fayzga har xor yetushgach.
Audio ijro