Musiqiy namuna
Nasri Bayot
Насри Баёт
Musiqiy nota (PDF)
Nota yozuvini shu yerda o'qing yoki yuklab oling
- Sahifalar
- 48–55-betlar
- Notaga olgan
- Yunus Rajabiy
Xazon yaprogʻi yangligʻ gul yuzing hajrida sargʻardim,Koʻrub rahm yangligʻ, ey lolarux, bu chehrai zardim.
Sen, ey gul, qoʻymading sarkashligingni sarvdek hargiz,Ayogʻinggʻa tushub bargi xazondek, muncha yolbordim.
Latofat gulshanida gul kibi sen sabzu xurram qol,Men archi daxr bogʻidin xazon yaprogʻidek bordim.
Xazondek qon yoshim, sorigʻ yuzumdin el tanaffurda,Bahar range, bihamdillah, ulusdin oʻzni qutqardim
Ne tole’dur mengakim, axtari baxtim topilmaydur,Falak avroqini har nechakim daftardek axtardim.
Ulusning ta’nu ta’rifi manga, Bobur, barobardur,Bu olamda oʻzimni chun yamon-yahshidin oʻtkardim.
Audio ijro
Taronani onlayn tinglang yoki saqlab oling
Shaxobchalari
Tarona I
Nota (PDF)
- Sahifalar
- 55–58-betlar
- Notaga olgan
- Yunus Rajabiy
Ul malohat sham’idin mundogʻki jismim yonadir,Har bir uchqun gʻam shabistonida bir parvonadur.
Shomi hajrim sharhin el afsona qildi, ohkimUyqugʻa solgʻon qaro baxtimni bu afsonidur.
Koʻksum ichrakim gʻamingdin kordek boʻldi shigof,Goʻiyo har bir bagʻir pargolasi bir donadur.
Soʻrma hajringda Navoiy yorinu sarmanzilin,Yor anga darding, vatan bir kunji mehnatxonadur.
Ne baxti yor bila uldursa kishiYigʻlab-yigʻlab dardini bildursa kishiSarvi noz yoringman chora soz joning manMan asiri handaxat man tu charo dil qandi az man
Audio ijro