Musiqiy namuna

Nasri Chorgoh

Насри Чоргоҳ

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Nasri Chorgoh : Buxoro shashmaqomi, Dugoh, Nasr, 1 Guruh shobasi // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/kuy/nasri-chorgoh/ (murojaat sanasi: 23.11.2026). Nota manbasi: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, IV jild — Dugoh · 54–58-betlar.

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Nasri Chorgoh : Buxoro shashmaqomi, Dugoh, Nasr, 1 Guruh shobasi. MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/kuy/nasri-chorgoh/

Musiqiy nota (PDF)

Nota yozuvini shu yerda o'qing yoki yuklab oling

Nota pasporti
Sahifalar
54–58-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Nasri Chorgoh
Navoiy

Yo‘lingda tufroq o‘ldim, ey sabo yetsang g‘uborimg‘aQuyun bo‘l dog‘i eltib sadqa qilg‘il guluzorimg‘a

Gar o‘lsam ul malaksiymo pari hajrinda aylang‘ayPari birla malak parvonadek sham’i mazorimg‘a

Firoqi tiyri boroniki chekdim qushg‘a o‘xshatg‘ayKi, yulmushlar yungin boqqan kishi jismi figorimg‘a

Quyosh yanglig‘ yuzung hajrida bo‘lmas yorumoq mumkinGar o‘lsa yuz quyosh tole qororgan ro‘zg‘orimg‘a

Yigitlar ishqini gar ixtiyor etmay desam qo‘ymasYigitlik birla oshiqshevalik o‘z ixtiyorimg‘a

Junun vodiysida qolur sabo yuz dasht po‘yamdinYana yetmon ne ildamsayr ekan chobuksuvorimg‘a

Vafo o‘tig‘a men kuydim, vale topqay NavoiydekMuhabbat rishtasi toqqan kishi har bir sharorimg‘a

Shaxobchalari

1

Tarona I

Nota pasporti
Sahifalar
58–59-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Tarona I
Ogahiy

Ey go‘zal, bahor o‘lmish azmi sayri sahro qilHar sari gulistonlar gullarin tamosho qil

Uyda o‘lturib tab’ing gar muqaddar o‘lmishdurSayri sayqalidin ul ko‘zguni mujallo qil

Sensizni gulistonda andalib erur xomushGul yuzing ochib oni subhu shom go‘yo qil

2

Tarona II

Nota pasporti
Sahifalar
59–60-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Tarona II
Xuvaydo

Arzimni aytdim bodi sabog‘aYetkursa holim ul dilrabog‘a

Dedi raqiblar yorg‘a yomonlabSoldi judolig‘, naylay arog‘a

Yorsiz kishini parvosi yo‘qturSuydim sanamni qoldim balog‘a

Do‘stini yorim ranju alamdaQo‘ydi el ichra jabru jafog‘a

Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.