Musiqiy namuna
Nasrulloyi
Насруллойи
Musiqiy nota (PDF)
Nota yozuvini shu yerda o'qing yoki yuklab oling
- Sahifalar
- 72–77-betlar
- Notaga olgan
- Yunus Rajabiy
Parizodeki mushkin zulfi jonim mustamand etmish,Maloik qushlarin ul xalqa mo‘lar birla band etmish.
Samandingkim yolindek tez erur, yuz shukrkim, gardunAnga birni samandarvash, munga birni samand etmish.
Chekarga ishq otashgohig‘a devona ko‘nglumniQazo har bir sharar torini bir o‘tluq kamand etmish.
Vafog‘a telbalikdin nopisand o‘lsam, ani ko‘rkim,Jafog‘a kimni manga ul pari paykar pisand etmish.
Labingda no‘shu zahri hajr og‘zimda, tong ermas, garManga har zahrxand o‘lganda, dil bir no‘shxand etmish.
Labi la’lin malohat xoli birla bahravar qilg‘onMening jonimni dog‘i ishq birla bahramand etmish.
Birovkim sarvdek ozadavash bo‘ldi bu bog‘ ichra,Qazo dehqoni ham sarsabz ani, ham sarbaland etmish.
Mai ravshan tut, ey soqiy, ki ko‘nglum tiyra qilmish shayx,Dami afsun bilo baskim anga izhori pand etmish.
Navoiy, kech visol ummididinkim, haq seni behadZalilu zoru yoringni azizu arjumand etmish.
Audio ijro
Taronani onlayn tinglang yoki saqlab oling
Shaxobchalari
Taronalar — bitta yozuvda
Barcha taronalar ketma-ket ijro etilgan; har bir taronaning notasi va matni quyida alohida.
Tarona I
Nota (PDF)
- Sahifalar
- 77–81-betlar
- Notaga olgan
- Yunus Rajabiy
Gul yuzingni ko‘rdim man, paykaram parishon shud,Esladim xami zulfing, xotirom parishon shud.
Huqqai labing emdim, turfa lazzatash diydam,Koni tuz ekan, jono, siynaam namakdon shud.
So‘rdi ul niholing yor, gashtam az sarash sad bor,Ikki ko‘zidan o‘pdim, dardi man ba darmon shud.
Tarona II
Nota (PDF)
- Sahifalar
- 81–83-betlar
- Notaga olgan
- Yunus Rajabiy
Ne ajab, shikasta ko‘ngul ishi tunu kun fig‘on ila noladur,Ki na g‘am toshiki falak otar anga lahza-lahza havoladur.
Dema ul pari yuzini qilibdur ihota xalqai zulfikim,Falaki latofat uza oning birisi qamar, biri holadur.
G‘ami daxridin etibon izo, meni xasta ayladi, soqiyo,Karam aylagilki, davo ango mai nob to‘la piyoladur.
Netong, Ogahiy, nazar aylamas esa bog‘ sori nigoriningSochi sunbulu ko‘zi nargisu labi g‘unchayu yuzi loladur.
Tarona III
Nota (PDF)
- Sahifalar
- 83–85-betlar
- Notaga olgan
- Yunus Rajabiy
Ko‘ngul bog‘ini zebi fikri ul qaddi niholingdur,Meni yig‘latgan achchiq hasrati shirin maqolingdur.Kulub harfi nihoni birla shirin kom aylarsen,Shakar bozori ermas, elga zavqi la’li bolingdur.Giriftor aylagan ul nargisi masti g‘izolingdur.