Musiqiy namuna

Navruzi Ajam

Наврузи Ажам

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Navruzi Ajam : Buxoro shashmaqomi, Segoh, Nasr, 1 Guruh shobasi // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/kuy/navruzi-ajam/ (murojaat sanasi: 24.11.2026). Nota manbasi: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, V jild — Segoh · 63–67-betlar.

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Navruzi Ajam : Buxoro shashmaqomi, Segoh, Nasr, 1 Guruh shobasi. MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 24, 2026, from https://meroslegacy.uz/kuy/navruzi-ajam/

Musiqiy nota (PDF)

Nota yozuvini shu yerda o'qing yoki yuklab oling

Nota pasporti
Sahifalar
63–67-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Navruzi Ajam
Navoiy

Qayu qushkim, qo‘nar bu paykari Majnun misol uzra,Erur tan za’fidin qushdekki, ko‘ng‘aylar hilol uzra.

Balo toshi ham o‘lg‘an qaddim ustidin yiroq ketmas,Biaynih nuqta yanglig‘kim, tushar yozganda zol uzra.

Agar maygunlug‘idin rang aylar ersa mashshotaKo‘zimning mardumi qo‘ygul uyub ul xol uzra.

Qoshingning toki ustida emasdur anbarin xolingZuhal go‘yo ochibdur orazi mushkin hilol uzra.

Netong nozikligidin gar ko‘rayshiy bo‘rk og‘ir keldi,Ham aylar chun qirov ko‘rkam yog‘ar nozik nihol uzra.

Savodi xat bila ham orazing xurshidi ravshandur,Safoda ne tafovut soya tushkandin zulol uzra.

Belingga to soching chirmashdi, rashkidin aning har tunDimog‘imda tong otkuncha xayol ermish, xayol uzra.

Navoiy yor la’lida uchuqdur, yo‘qsa yopishdiChibinning parridin bir pora ko‘ng‘on chog‘da bol uzra.

Audio ijro

Taronani onlayn tinglang yoki saqlab oling

Shaxobchalari

1

Tarona

Nota pasporti
Sahifalar
67–69-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Tarona
Nishotiy

Ey parivash, boshingga men xastai zor uyrulay,Notovon bo‘lsa ko‘zing men zori bemor uyrulay.

Gar jafou javr ko‘rguz, gar vafoyu mehri qil,Sadqai lutfing bo‘lay yo etsa ozor uyrulay,

Yo‘q davoi dardim, illo boshinga aylonmog’im,Boshing uchun qo‘y, gulandomim, mani zor uyrulay,

Umrlardurkim, erur jonimg‘a la’lingdin umid,Aylagil gohi Nishotiy birla guftor uyrulay.

Audio ijro

Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.