Musiqiy namuna

Navruzi Sabo

Наврузи Сабо

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Navruzi Sabo : Buxoro shashmaqomi, Rost, Nasr, 1 Guruh shobasi // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/kuy/navruzi-sabo/ (murojaat sanasi: 23.11.2026). Nota manbasi: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, II jild — Rost · 57–62-betlar.

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Navruzi Sabo : Buxoro shashmaqomi, Rost, Nasr, 1 Guruh shobasi. MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/kuy/navruzi-sabo/

Musiqiy nota (PDF)

Nota yozuvini shu yerda o'qing yoki yuklab oling

Nota pasporti
Sahifalar
57–62-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Navruzi Sabo
Ogahiy

Ul oy ruxsori kim ondin hama olam munavvardur,Latofat osmoni avjida xurshidi anvardur.

O‘rilgan ikki zulfi jon-ko‘nglim qasdin etmoqdaSarosar jismi pechu tob topg‘an ikki ajdardur.

Musaffo tishlari kulgu chog‘i la’li labi ichra,Daraxshon huqqai yoqut aro pokiza gavhardur.

Yuzu zulfig‘a to qildi nazar devonalig‘ aylab,Guli ahmar yoqo choku parishon sunbuli tardur.

Xiromon qomatig‘a gulshan ichra ko‘rguzur ta’zim,Dema el birla moyil har taraf sarvu sanavbardur.

Agarchi Yusuf ahli husn sultoni azizidur,Nigorim ollida lekin g‘ulomu xoru kamtardur.

Ul oy vasfida har kun Ogahiy she’ri topar rif’at,Quyoshdek boshi andin charx avjig‘a barobardur.

Audio ijro

Taronani onlayn tinglang yoki saqlab oling

Shaxobchalari

1

Talqinchai Navruzi Sabo

Nota pasporti
Sahifalar
62–65-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Talqinchai Navruzi Sabo
Munis

Ko‘nglim erur shikastavu jonim nizor xamOshuftadur zamirimu jismim fig‘or xam

Bekasmand alam zadavu zor mustamandYey yor bu g‘amim aro ne g‘amgusor xam

G‘am birla gul kabi jigarim pora-poradurDard ichra xardoq badanim asir xari xam

Ag‘yor tanasi birla majrux xotirimQilmay nazora xolima bir laxza yor xam

Munis g‘amimni kimga deyin qilmasa kamDasturi azimu shoxi vago tobor xam

Audio ijro

Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.