Musiqiy namuna

Navruzi Xoro

Наврузи Хоро

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Navruzi Xoro : Buxoro shashmaqomi, Segoh, Nasr, 1 Guruh shobasi // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/kuy/navruzi-xoro/ (murojaat sanasi: 23.11.2026). Nota manbasi: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, V jild — Segoh · 55–58-betlar.

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Navruzi Xoro : Buxoro shashmaqomi, Segoh, Nasr, 1 Guruh shobasi. MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/kuy/navruzi-xoro/

Musiqiy nota (PDF)

Nota yozuvini shu yerda o'qing yoki yuklab oling

Nota pasporti
Sahifalar
55–58-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Navruzi Xoro
Nodira

Fig‘onkim, gardishi davron ayurdi shahsuvorimdin,G‘amim ko‘p, ey ko‘ngul, sen bexabarsan holi zorimdin.

G‘uborim ishq vodiysida barbod o‘ldi, andog‘kim,Biyobonlarda majnun to‘tiyo izlar g‘uborimdin.

Qizil qondur sirishkim, za’farondur chexrai zardim,Meni kim ko‘rsa, farq etmas xazon birla bahorimdin.

Buzuldi ro‘zg‘orim, xonai ayshim xarob o‘ldi,Na rohat kurgaman emdi buzulg‘on ro‘zgorimdin.

Biyobonlarni izlab, topmadim yorim so‘rog‘ini,Berurman jon, sabo nogah xabar keltursa yorimdin.

Diyorim ahli mandin yorsiz begona bo‘lmishlar –Ki, man ham yorsiz ozurdaman yoru diyorimdin.

Gahi yirtib yaqo, gah qon yutub, gohi fig‘on ettim,Nelar o‘tdi bu oqshom, Nodira bu joni zorimdin.

Audio ijro

Taronani onlayn tinglang yoki saqlab oling

Shaxobchalari

Taronalar — bitta yozuvda

Barcha taronalar ketma-ket ijro etilgan; har bir taronaning notasi va matni quyida alohida.

1

Tarona I

Nota pasporti
Sahifalar
59–60-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Tarona I
Uvaysiy

Dilrabo, yuzing uzra kokiling parishon qil,Husningga niqob o‘lsun, maqsadimni pinhon qil.

Na deb e’tiroz etting mustamandi zoringga,Jurm ko‘p esa afv et lablaringni xandon qil.

Tunu kun meni holim ta’n etarmish ul zohid,Yo rab ul Samandardek ishq o‘tig‘a so‘zon qil.

Munda etmadi Vaysiy vaslingni bahosig‘a,Yumdi ko‘z bu olamdin, rahm aylab arzon qil.

2

Tarona II

Nota pasporti
Sahifalar
60–62-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Tarona II
Bobur

Ne chamanda sarv bor gul qomati ra’no kibi,Ne guliston ichra gul bor ul ruhi zebo kibi.

Ne jafo tavrida bor dunyoda ul bemehrdek,Ne vafo bobida bor olamda men shaydo kibi.

Donai holi masihoso labining ustidaNotavon jonimg‘a bo‘ldi moyai savdo kibi.

Minsa abrash ul quyosh quymay netaykim, Boburo,Meni kuydurmakka yeldur markab, o‘tdur rokibi

3

Tarona III

Nota pasporti
Sahifalar
62–63-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Tarona III
Lutfiy

Seni o‘tlug‘ ko‘zing sehri meni kuydirdi savdodin,Qoshing ham egrilik birla to‘z etti umr bunyodin.

Bilurmusen-ki, kun tusht ne uchun sayrdin qoldi,Yuzingni ko‘rdi sorg‘orib, ilikdin bordi safrodin.

Qoshing nuni uchun o‘ynar ko‘zim yosh ichra olmosiAjab tifleki, iymanmas muningdek mavji daryodin.

Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.