Musiqiy namuna

Orazi Dugoh

Орази Дугоҳ

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Orazi Dugoh : Buxoro shashmaqomi, Dugoh, Nasr, 1 Guruh shobasi // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/kuy/orazi-dugoh/ (murojaat sanasi: 23.11.2026). Nota manbasi: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, IV jild — Dugoh · 61–65-betlar.

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Orazi Dugoh : Buxoro shashmaqomi, Dugoh, Nasr, 1 Guruh shobasi. MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/kuy/orazi-dugoh/

Musiqiy nota (PDF)

Nota yozuvini shu yerda o'qing yoki yuklab oling

Nota pasporti
Sahifalar
61–65-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Orazi Dugoh
Fuzuliy

Xubobi ashki hunin jismimi eldan nihon etmish,G‘ami ishqing bani rasvoiy benomu nishon etmish.

Ko‘tarmish xokdan tug‘yoni ashkim xoru xoshoki ,Boshim uzra malomat qushlari chun oshiyon etmish.

Bukub mehnat yukindan qaddimi chiqmish tanimdin jon,Tavofi ko‘yin etmak qasdina tayin makon etmish.

Saningla da’viyi husn etdigichun mulki husn ichra,Falak ta’zir edub Laylini rasvoyi jahon etmish.

Magar tarkib Iso gardi hoki dargahindandur ,Ki ,durmish xokdin qadrila azmi osmon etmish.

Gezan paykonlaringdur tanda yo jon bog‘ina ishqingBalo sarchashmasindan har taraf suvlar ravon etmish.

Fuzulidan mizojin munharif ko‘rdim bugun yoring,Magar fursat bo‘lub bir sham’ maholindan bayon etmish.

Shaxobchalari

1

Tarona I

Nota pasporti
Sahifalar
65–66-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Tarona I
Uvaysiy

Ko‘ngul sayd etgali bir qotili jononavor o‘ynar,Aning oldidakim ko‘nglum qushi devonavor o‘ynar.

Ajoyib hola soldi kim nafas dur o‘lsa mardumlar,Ki, to tushkuncha ashkim yuz uza durdonavor o‘ynar.

2

Tarona II

Nota pasporti
Sahifalar
66–68-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Tarona II
Uvaysiy

Uvaysiy , senki yor oldida o‘zlik ihtiyor etma,Degin mehmon adap botinda ham mehmonavor o‘ynar.

3

Tarona III

Nota pasporti
Sahifalar
69–70-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Tarona III
Munis

Ko‘nglum erur shikastavu jonimni zor ham,Oshuftadur zamirimu jismim figor ham.

Bekasmanu alamzadavu zor mustamand,Ne yor bu g‘amim aro,ne g‘amgusor ham.

Ag‘yor tanasi bila majruh hotirim,Qilmay nazora holima bir lahza yor ham.

Munis g‘amimni kimga deyin,qilmasa karam,Dasturi azamu shahi volo tabor ham.

Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.