Musiqiy namuna

Orazi Navo

Орази Наво

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Orazi Navo : Buxoro shashmaqomi, Navo, Nasr, 1 Guruh shobasi // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/kuy/orazi-navo/ (murojaat sanasi: 23.11.2026). Nota manbasi: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, III jild — Navo · 59–63-betlar.

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Orazi Navo : Buxoro shashmaqomi, Navo, Nasr, 1 Guruh shobasi. MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/kuy/orazi-navo/

Musiqiy nota (PDF)

Nota yozuvini shu yerda o'qing yoki yuklab oling

Nota pasporti
Sahifalar
59–63-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Orazi Navo
Munis

Kel, ey mahvash, qamar yangligʻ xirom ichra shitob aylab,Yuzungdin tiyra shomimni yorut raf’i niqob aylab.

Saxovat nuridin yetkur yorugʻliq roʻzgorimgʻa,Ayon qil zarraparvarlik yuzungni oftob aylab.

Ravo koʻrma manga mahrumlikni sarfaroz etgil,Vafo koʻyida itlardin meni ham bir hisob aylab,

Sujud etmas qoshing mehrobigʻa yoʻq aybkim, ulyonJahon ahli qoʻyarlar boshin ummidi savob aylab...

Inoyat koʻrguzub kulbam sori kel, to ayoqinggʻaNisor aylay koʻzimning yoshlarin durri xushob aylab

Kelib ushshoq aro Munisgʻa sen dildorligʻ qilkim,Koʻngul bermish seni mahbublardin intixob aylab

Audio ijro

Taronani onlayn tinglang yoki saqlab oling

Shaxobchalari

Taronalar — bitta yozuvda

Barcha taronalar ketma-ket ijro etilgan; har bir taronaning notasi va matni quyida alohida.

1

Tarona I

Nota pasporti
Sahifalar
63–64-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Tarona I
Atoyi

Boqar ohudayin har yon oʻshal ikki qaro koʻzlar,Xadangi gʻamzasin otmogʻ uchun goʻyo qaro koʻzlar.

Dilu jon saydi qilmoqta kishi koʻrmayturur hargiz,Mununtek nozanin qoshlar, aningdek dilrabo koʻzlar.

Bu husnu, shevau, shaklu malohatni tilab topmas,Nechakim nozaninlar ichra ushbu mubtalo koʻzlar.

Atoyining xayoloti maholin koʻrki, xoʻblarningVafosizliklarin bilgach yana mehru vafo koʻzlar.

2

Tarona II

Nota pasporti
Sahifalar
64-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Tarona II
Atoyi

Boqar ohudayin har yon oʻshal ikki qaro koʻzlar,Xadangi gʻamzasin otmogʻ uchun goʻyo qaro koʻzlar.

Dilu jon saydi qilmoqta kishi koʻrmayturur hargiz,Mununtek nozanin qoshlar, aningdek dilrabo koʻzlar.

Bu husnu, shevau, shaklu malohatni tilab topmas,Nechakim nozaninlar ichra ushbu mubtalo koʻzlar.

Atoyining xayoloti maholin koʻrki, xoʻblarningVafosizliklarin bilgach yana mehru vafo koʻzlar.

3

Tarona III

Nota pasporti
Sahifalar
64–66-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Tarona III
Atoyi

Har xasta dilkim, ul yuzi toʻlun oyo boqar,Toʻymas koʻzi, kuyar tanu joni yano boqar,

Topmas yuzi guli kibi ranginu obdor,Bogʻu chamanda har necha bodi sabo boqar.

Ul shahsuvor bir nazar etmay guzar qilur,Har necha termulub soʻngidin bu gado boqar.

Ta’zim etar Atoyigʻa chun piri mayfurush,Ne gʻam agar haqorat ila porso boqar.

Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.