Musiqiy namuna
Qalandari Dugoh
Қаландари Дугоҳ
Musiqiy nota (PDF)
Nota yozuvini shu yerda o'qing yoki yuklab oling
- Sahifalar
- 113–115-betlar
- Notaga olgan
- Yunus Rajabiy
Buyung naxli, ki rashk eltur base sarvi ravon andin,Darigʻ etmas mening koʻnglum tanu jonu ravon andin.
Chamanda koʻzlarim baski yuzung mavqida qon yigʻlar,Boʻlur har subhidam rangin gulu ham argʻuvon andin.
Eshikta toʻkma qonimni yiroq sol, itlaring ichsun,Ki, nogoh boʻlmasun oluda pok ul oston andin.
Vafo qilmasmusan gʻamgin koʻngulga lutf etib gah-gah,Ne boʻlgʻay vaʼdae qilsangki boʻlgʻay shodmon andin.
Sabo yuz ahli dil koʻngli oʻshal zulf ichra bogʻliqtur,Nega gustoxlik birla oʻtarsen har zamon andin?
Oʻtarda koʻz uchidin bir Atoyi birla savdo qil,Chun, ey husn elining moxi, sanga yoʻqtur ziyon andin.
Audio ijro
Taronani onlayn tinglang yoki saqlab oling