Musiqiy namuna
Sarahbori Dugoh
Сараҳбори Дугоҳ
Musiqiy nota (PDF)
Nota yozuvini shu yerda o'qing yoki yuklab oling
- Sahifalar
- 34–38-betlar
- Notaga olgan
- Yunus Rajabiy
Xolu xating xayolidin, ey sarvi gul uzor,Gahi ko‘zumga xol tushubdur, gahi g‘ubor,
Yuzingda xol safhada tomg‘on kibi qaro,Xoling malohati tuz erurkim qaroda bor.
Jonimni o‘rtagan yuzi xolingni bilmasang,O‘t shu’lasida ayla gumon bir o‘chuq sharor.
Bilmon ko‘ngulda xollaringning xayolidur,Yo kipriging tikonlarin aylabsen ustuvor.
Har dam ko‘ngul haloku ko‘zim tiyra bo‘lmog‘inBilgay birovki, yori erur sho‘xu xoldor.
Mashshotai qazo bezamish xolu xattini,Beixtiyorliqda manga bormu ixtiyor.
Miskin Navoiy xolu labing ko‘rsa jon berur,Boqsang ne bo‘ldi surati xoliga ey nigor.
Audio ijro
Taronani onlayn tinglang yoki saqlab oling
Shaxobchalari
Taronalar — bitta yozuvda
Barcha taronalar ketma-ket ijro etilgan; har bir taronaning notasi va matni quyida alohida.
Tarona I
Nota (PDF)
- Sahifalar
- 39–40-betlar
- Notaga olgan
- Yunus Rajabiy
Ko‘zlaring firoqida tanda lolagun qonlar,Qilg‘ali tomoshosin saf chekibdi mujgonlar.
Ey g‘aniy, karam aylab husningni zakotidin,Faqr aro gadolarg‘a aylagaysen ehsonlar.
Sabre on chunon etdim, bo‘lmadi murod hosil,Tishladim adab toshin toki sindi dandonlar.
Bul sharobai otash sahl tutma, ey mahbub,To chiqardi ohimni ko‘nglum ichra so‘zonlar.
Tarona II
Nota (PDF)
- Sahifalar
- 40–41-betlar
- Notaga olgan
- Yunus Rajabiy
Rahm aylasangchi devonalarga,Ishqingda bo‘lg‘an afsonalarga.
Aylab judolik, ey hamnishinim,Qilding jafolar hamxonolarga.
Kuydurma jonim rashk o‘ti birla,Ochib yuzingni begonolarga.
Har dam tilarmen husni kamoling,Urub boshimni ostonalarga.
Yondur quyoshim xilvat ichindaSham’i jamoling parvonalarga.
Ishqingni ganji vayron ko‘nguldaQo‘ysang turarmu koshonalarga.
Tarona III
Nota (PDF)
- Sahifalar
- 41–42-betlar
- Notaga olgan
- Yunus Rajabiy
Yana bo‘lmisham oshiqi zor hamXaroboti-yu rind-u ham mor ham
Pari chehra atfolning toshidinBo‘lub sar-basar jismim afgor ham
Yorim yor yalla lo yallo yal yali do‘stJonim yor yalla lo yallo yal yali do‘st
Tarona IV
Nota (PDF)
- Sahifalar
- 42-betlar
- Notaga olgan
- Yunus Rajabiy
Yoniga boray g‘amdan qutulayChunki bu dilim faryodi talay
Vaslingni mayi nozu sitamiQalbimda yora ochgay alami
Tarona V
Nota (PDF)
- Sahifalar
- 43–44-betlar
- Notaga olgan
- Yunus Rajabiy
Hajringda, ey yor, korim fig‘ondurTinmay ko‘zumdin ashkim ravondur
Ayla tarahxum menga nigorimAhvoli zorim senga ayondur
Ul lola yanglig‘ bag‘rimda qat-qatBoz ustina boz dog‘lar nihondur
Sen-san habibim, hoziq tabibimDardimga beshak bo‘l begumondur
Guldek yuzingni ishqida NisbatBulbulga o‘xshash kori fig‘ondur
Tarona VI
Nota (PDF)
- Sahifalar
- 44–45-betlar
- Notaga olgan
- Yunus Rajabiy
Holimni senga aytib hajr o‘tiga o‘rtandimEy yor, yomon qildim har neki dedim, yondim
Chashmi tu mastona, mastona, mastonaDil be tu devona, devona, devona
Sham’i ishq meso‘zad, meso‘zad, meso‘zadGirdi tu parvona, parvona, parvona