G‘amza bilan olib jonim,O‘sar qora zulfing sening.Sabo tonggi nasimidin,O‘sar qora zulfing sening.
Yozilsam yorning bog‘ida,Qishlasam ko‘ksi tog‘ida,Subhidam sahar chog‘idaO‘sar qora zulfing sening.
Tong yulduzi porlab-porlab,Shona bilan zulfing tarab,Tong saharlarda yaltirab,O‘ynar qora ko‘zing sening.
Sarahbori Segoh
Navoiy
Bag‘rimni tig‘i hajr ila yuz pora qildilar,To yor ko‘yidin meni ovora qildilar.
Butkudek erdi vasl ila ko‘nglum jarohati,Hijron qilichi birla yana yora qildilar,
Mazmuni o‘lmaku oti hijron g‘ami degan,Yuz ming jafoni jonima yakbora qildilar.
Turg‘on yoshim oqizdilar ul oy firoqida,Sobitlarimni kavkabi sayyora qildilar.
Vo’iz uni surud erur ashg‘oliy ayshig‘a,Qismat kuyinda oniki, mayxora qildilar.
May tutki jam davridin o‘q toptilar iloj,Jam’iki charx davrini nazzora qildilar.
Yorab, ne diy alarniki miskin NavoiyniBexushu aqlu bedilu, bechora qildilar.
Tarona I
Huvaydo
Nogaxon gulzor aro yorim mening,Sayr aylab kirsa dildorim mening.
Desalar, yoring yuzi monanda gul,Ushbu so‘zdin kelgusi orim mening.
Emdi ul mah ishqi birla bo‘ldi der,Bul Huvaydo yig‘lamoq korim mening,
Tarona II
Xalq so‘zi
Ul sha’mi jamolE o‘tig‘a, vay, vayParvonalig‘imYor, masti tu man
Bozoki dilashE az payi, vay, vayOzorai mast,Yor, masti tu man.
Shirin labashE az payi, vay, vayXun xorai mast,Yor, masti tu man
Dar rohi vafoE xamisha, vay, vayPobastu tu man,G‘amxori tu man,Shaydoyi tu man.
Tarona III
Fazliy
Qila boshlading menga zulmi kim,Sitam etdi jabru jafolaring.Ki vafoga va’dalar aylabon,Qani va’dalarga vafolaring.
Ruhima go‘zal xati mushk ososo,Labi la’li nuktai jon fizo,Ko‘zi, qoshi ham biri xush ado,Meni o‘rtadi shu balolaring.
Menga noz qildi tag‘ofilingDilu jon duoga yugurdilar,Ko‘z uchi bilan qarading kulib,Talabiga etdi gadolaring.
Necha yil ko‘ngul, kechalar fig‘onQilib o‘tayin ani ko‘yida,Dili tosh ekan, asar aylamas,Bu fig‘onila bu navolaring.
Tarona IV
A.Navoiy
May birla yuzing tim-tim ahmarmu ekan oyo?Yo shu’la aro bir-bir ahgarmu ekan oyo?
Har sori qulog‘ingda gavxarmu ekan, yoxud,Har jonibida oyning axtarmu ekan oyo?
El desa Navoiyni kim javr ila tark ettiIshqingni senga bu so‘z bovarmu ekan oyo?
Tarona V
Xalq so‘zi
Suqsur degan qush bo‘lur,Tortsam pati bo‘sh bo‘lur,Yor oldiga borganda,Yigit ko‘ngli xush bo‘lur.
Suv oqar tosh ustida,Sallasi qosh ustida.Suyganim esga tushganda,Yig‘layman osh ustida.
Eshigingdan o‘tganda,Layli bo‘ldingmi, yorim.Seni yor deb aytganda,Xafa bo‘ldingmi yorim.
Tarona VI
Xalq so‘zi
G‘amza bilan olib jonim,O‘sar qora zulfing sening.Sabo tonggi nasimidin,O‘sar qora zulfing sening.
Yozilsam yorning bog‘ida,Qishlasam ko‘ksi tog‘ida,Subhidam sahar chog‘idaO‘sar qora zulfing sening.
Tong yulduzi porlab-porlab,Shona bilan zulfing tarab,Tong saharlarda yaltirab,O‘ynar qora ko‘zing sening.
Oxirgi o'qilgan joydan davom etildi
0:000:00
Assalomu alaykum!Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.
ArxivchiArxiv yordamchisi — so'rang
ArxivchiMerosLegacy arxiv yordamchisi
Javoblar arxiv ma'lumotlari asosida sun'iy intellekt yordamida tayyorlanadi.
MerosPlayer
MerosPlayer — saytdagi barcha maqom, xalq va bastakorlik yozuvlari bitta pleerda: ketma-ket yoki aralash, telefon ekrani o'chiq bo'lsa ham. Tinglash uchun saytga kiring — bu bepul.
Kirish / ro'yxatdan o'tish