Musiqiy namuna

Saraxbori Rost

Сарахбори Рост

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Saraxbori Rost : Buxoro shashmaqomi, Rost, Nasr, 1 Guruh shobasi // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/kuy/saraxbori-rost/ (murojaat sanasi: 23.11.2026). Nota manbasi: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, II jild — Rost · 30–35-betlar.

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Saraxbori Rost : Buxoro shashmaqomi, Rost, Nasr, 1 Guruh shobasi. MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/kuy/saraxbori-rost/

Musiqiy nota (PDF)

Nota yozuvini shu yerda o'qing yoki yuklab oling

Nota pasporti
Sahifalar
30–35-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Saraxbori Rost
Munis

Qildi ko‘zum qaro meni g‘am tiyra hol etib,Xursheddek yorut ani arzi jamol etib.

Mardumlarim yuzig‘a yopishtimu yo magar,Mashshota zeb berdi munga ani xol etib.

Jismim g‘aming toshi bila ko‘yingda bo‘ldi gard,Qil sarfaroz gohi ani poymon etib.

Ishqimni ayla tark deding, maqsading nedur,Mundog‘ meni mukallafi amri mahol etib.

Ber fayzi shomi iyd qoshing aksidin manga,Yoqut rang may shafoqida hilol etib.

Topdim muhabbat ahli aro surx ro‘ylig‘,Qonlig‘ sirishk chehrai zardimni ol etib.

Munisg‘a har necha g‘ami hajring hujum etar,Daf’ aylar oni yodi nishoti visol etib.

Audio ijro

Taronani onlayn tinglang yoki saqlab oling

Shaxobchalari

Taronalar — bitta yozuvda

Barcha taronalar ketma-ket ijro etilgan; har bir taronaning notasi va matni quyida alohida.

1

Tarona I

Nota pasporti
Sahifalar
35–37-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Tarona I
Furqat

Yuzu zulfing furqatidin ey diloromim mening,Yig‘lamoqlig‘ birla kechgay subh ila shomim mening.

Yo‘q erur osoyishim holing g‘amidin kechalar,Naylayin talx o‘lsa bu taryokdin komim mening?

Xoki poyini fidosi jon o‘shal qosidnikim,Yetkurur bo‘lsa jonobingg‘a bu payg‘omim mening.

Aylding azmi safar qoldim agarchi termulib,Sen bila ketdi barobar sabru oromim mening.

El gumon aylarki: no‘shim bodai gul rang erur,Yo‘q, labing yodida to‘lmish qon ila jomim mening.

Nega bulbuldek fig‘onu qumridek chekmay navo,Sendan ayru Futqat ey sarvi gulandomim mening.

2

Tarona II

Nota pasporti
Sahifalar
38-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Tarona II
Bobur

G‘ofil o‘lma, ey soqiy, gul chog‘in g‘animat tut,Vaqti aysh erur boqiy, ol chag‘ir, ketur, bot tut.

Bu nasihatim angla, ne bilur kishi yongla,Ne bo‘lur ekin tongla, sen bu kun g‘animat tut.

Xush turur visoli yor, anda bo‘lmasa dayyor,Bo‘lsa vasli e’tibor, davlatu saodat tut.

3

Tarona III

Nota pasporti
Sahifalar
39-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Tarona III
Uvaysiy

Jafosin chekmayin bo‘lmas muyassar senga, janonim,Yurakka dardi tekmay ta’sir etmas ohu afg‘onim.

Qoshing bir g‘amzasi to to‘qdiki ushshoq-qonini,Ko‘zung maydonida saf-saf tamosho qildi mijgoning.

Uvaysiy, yoda ko‘rsatmay xijo bo‘lgan taoluqot,Alarni g‘arq etar to‘fon o‘lub bu chashmi giryoning.

4

Tarona IV

Nota pasporti
Sahifalar
40–42-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Tarona IV

Peshi ki ravam, nazdi ki ravam,Az baski dilam sui tu boshad.

Az nozu sitam vasli tu ba man, avlo-avlo ,Ro‘yat binamo, to gul ruyad, sahro-sahro .

Otash ba darun, sinaam xirmon-xirmon,Xunobai har du didaam daryo-daryo.

SUPORISH

Tarki xoma kardamu qalandar gashtam,Maro daryob hay do‘st-hay do‘stShodi dili yoron bog‘i dili do‘st,Dil az charo kanam ki xulqi tu nako‘stMan turo sadqa.

Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.