Musiqiy namuna

Savti Navo

Савти Наво

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Savti Navo : Buxoro shashmaqomi, Navo, Nasr, 2 Guruh shobasi // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/kuy/savti-navo/ (murojaat sanasi: 23.11.2026). Nota manbasi: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, III jild — Navo · 74–81-betlar.

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Savti Navo : Buxoro shashmaqomi, Navo, Nasr, 2 Guruh shobasi. MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/kuy/savti-navo/

Musiqiy nota (PDF)

Nota yozuvini shu yerda o'qing yoki yuklab oling

Nota pasporti
Sahifalar
74–81-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Savti Navo
Nodira

Goʻzal yorimgʻa ey bodi sabo yetkur salomimniKim eltar sendin oʻzga yor koʻyiga payomimni

Koʻngul dardini qilu qoligʻa taqrir emas hojatTahayyur birla ravshan ayla mazmuni kalomimni

Koʻngul komini shirin istadim jomi visolingdinFigʻon kim charx hijron zahridin talos etdi komimni

Vafo shahbozidin men gar seni sayd etma istarsenMuhabbat rishtasidin qilgʻaysen zinhor domimni

Murodi ishq olam soʻz man ushshoq bazmidaNavoyu nolam naydek baland etdi maqomimni

Chamanda gul tamanno aylabon sarvi ravon koʻrsamQilur men yod sultoni Iskandar ihtimomimni

Javobi shohbayti Nodira ul nodiri davronTegib sangi ajab sindirdi mino birla jonimni

Shaxobchalari

1

Chapandozi Savti Navo

Nota pasporti
Sahifalar
82–87-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Chapandozi Savti Navo
Mashrab

Latofat bog‘i ichra bo‘yung sarvi xiromondur,Ko‘ngul qumrisi tinmay doim dar sho‘ru afg‘ondur.

Ko‘zung jalloddur, qoshing hilolu kipriging xanjar,Labing la’lu dahoning g‘unchasi sadbargi xandondur.

Sen ey zohid, mening dardi dilimni hech bilmassan,Yurogimga nazar qilsang tamomi zahil paykondur.

Bihisht ichra qadam qo‘ymam yo‘q ersa va’dai vasling,Ki sensiz menga bul jannat misoli nori so‘zondur.

Ki sensiz naylayin ushbu jahonni, ey vafodorim,Azobi qabr hijron dardidin albatta osondur.

Umidi ko‘p edi ranjur qildi ishq Mashrabni,Agar maqsudga yetmay o‘lsa, vovaylo, ne armondur.

2

Talqinchai Savti Navo

Nota pasporti
Sahifalar
87–92-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Talqinchai Savti Navo
Ogahiy

Ochmish yuzini zeb ila fasli bahor gul,Qilmish fazoi bogʻini jannat shior gul.

Gulshan havosin aylamish asru tarab fazo,Yuz nav’ rangu boʻyi qilib oshkor gul.

Fayzi xiroming istabon, ey xoʻblar shahi,Tun-kun boqib yoʻlinggʻa chekar intizor gul.

Chok aylabon yaqosini devonalar kibi,Koʻrmak tilab jamoling, erur beqaror gul.

Gulga muruvvat aylabon, et sayri bogʻkim,Boʻlsun yuzing nazzorasidin komgor gul.

Nechunki to ochildi jamoling guli sango,Bir oshiqi shikasta-yu, hayronu zor gul.

Koʻp qochma Ogahiydin ayo guluzorkim,Bordur hamisha bulbuli shaydogʻa yor gul.

Audio ijro

3

Qashqarchai Savti Navo

Nota pasporti
Sahifalar
92–95-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Qashqarchai Savti Navo
Ogahiy

Kelgil, ey oromijon, oldi qarorim intizor,Yoʻling uzra tufroq etti jismi zorim intizor.

Tun-kun afgʻonlar chekib el ichra rasvo boʻlmisham,Qoʻymamish ishqing aro nomusu orim intizor.

Intizorlik torta-torta boʻlmisham zoru zaif,Ohkim oxir mening ketti madorim intizor.

Aylading koʻp va’da lutfingdin mani shod etgali,Rahm qilkim olgʻusi joni nizorim intizor.

Umrlardurkim vafoi va’dang ummidi bila,Kechayu kunduz boʻlubdur koru borim intizor.

Sargʻayib el ichra manda yuz qizillik qolmadi,Qildi tabdil ul xazongʻa bu bahorim intizor.

Ogahiyni iltifotingdin aagar shod etmasang,Begumon oʻlturgʻay oni ey nigorim, intizor

Audio ijro

4

Soqiynomai Savti Navo

Nota pasporti
Sahifalar
96–99-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Soqiynomai Savti Navo
Ogahiy

Labing to qildi bu hayron tamosho,Boʻlib jismigʻa kirdi jon tamosho.

Emas nargiski, har yon koʻz ochibdur,Qilurgʻa gul yuzing boʻston tamosho.

Qaromas sarv sori toki qildi,Qadingni qumriyi nolon tamosho.

Qopunggʻa yuz qoʻyar har tun qilay deb,Yuzing mehrin mahi tobon tamosho.

Jamolingdin koʻtar burqa’ni, tokim,Mani zoring qilay oson tamosho.

Labing bir kulsa, man yuz jon toparman,Mani qilgʻil boʻlib xandon tamosho.

Gʻamingda Ogahiy holigʻa boqgʻilGar istarsan necha alvon tamosho.

Audio ijro

5

Ufari Savti Navo

Nota pasporti
Sahifalar
99–104-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Ufari Savti Navo
Avaz

Bazmi dilbar xushdurur oshiqgʻa agʻyor oʻlmasa,Oʻylakim bulbulga gul atrofigʻa xor oʻlmasa.

Yor nomus etmasunkim kasarti ushshoqidin,Har matoye kambaho boʻlgʻay xaridor oʻlmasa.

Kim vafovu mehr rasmin tutg‘ay erdi ishq aro,Nozaninlarga jafovu javr atvor oʻlmasa.

Har kishikim oshiqi sodiq emasdur borxo,Chekmak ishi mehnatu, anduhu ozor oʻlmasa.

Jon qachon topgʻay oʻluk jismin visoli yor aro,Oshkoro la’lidin jonbaxsh guftor oʻlmasa.

Ohkim mahzun koʻngul nokom boʻlgʻaymu edi,Yor hajri domigʻa boʻyla giriftor oʻlmasa.

Nolau, ohu Avazing koʻk sari chiqgʻay qachon,Bir chamanruxsor ishqigʻa sazovor oʻlmasa.

Audio ijro

Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.